9-amaliy mashgʻulot
Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish.
9.1-Masala. ‘Поиск решения’ ilovasi yordamida ishlab chiqarish
masalalari uchun optimal yechim topish. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish
misolida
“Navoiy-Azot” firmasi mahalliy agrosanoat kompaniyalariga mineral oʻgʻitlar
ishlab chiqaradi va ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotiladi.
Firmada
haftasiga 5 kunlik ish kuni belgilangan boʻlib, 1 smenada (8 ish soati) 10 kishi
ishlaydi, ya’ni haftasiga 400 soatlik ish vaqti mavjud.
Ish vaqti ikki xil turdagi
texnologik jarayonlar orasida taqsimlangan boʻlib, ushbu jarayon mineral
oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va ularga oxirgi ishlov berish jarayonlariga boʻlinadi.
Haftalik 400 soatlik ish vaqtidan 250 soati bevosita mineral oʻgʻitlarni
ishlab
chiqarishga, 150 soati esa oxirgi ishlov berish uchun sarflanadi.
“Navoiy-Azot” 3 xil turdagi, ya’ni Kaliy xlorid-5,
ammoniy nitrat va
ammofos-7 markali mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaradi.
9.1 – Jadvalda sarflanadigan vaqt va har bir turdagi mineral oʻgʻitni sotishdan
tushadigan foyda miqdori keltirilgan.
9.1-Jadval
Mineral oʻgʻit
turlari
Ishlab chiqarish
vaqti, daqiqa
Oxirgi ishlov berish
vaqti, daqiqa
Foyda, $
Kaliy xlorid-5
30
15
45
Ammoniy
nitrat
30
30
90
Ammofos-7
60
30
120
Quyidagi masala yechilsin:
Foydani eng yuqori darajada olish uchun har bir turdagi mineral oʻgʻitlardan
qancha miqdordan (tonna) ishlab chiqarish kerak?
Bu yerda har bir markadagi
mahsulot turidan kamida 50 tonna ishlab chiqarish talab etilgan.