9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish
-rasm. Поиск решения oynasida parametrlarni sozlash
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
9-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.12-rasm. “Akbar-Rich” masalasi boʻyicha natijaviy jadval
- 9.13-rasm. Barqarorlikni tekshirish natijalari
9.9-rasm. Поиск решения oynasida parametrlarni sozlash
9.10-rasm. Поиск решения oynasida parametrlarni sozlash 9.11-rasm. Masala yechimi natijalarini koʻrish oynasi Найти решение tugmasini bosish orqali yechim haqida xabarni olishimiz (9.11-rasm), va OK tugmasini bosib natijaviy jadvalga ega boʻlishimiz mumkin (9.12-rasm). 9.12-rasm. “Akbar-Rich” masalasi boʻyicha natijaviy jadval Ushbu vaziyatda, olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori foyda miqdori, agar haftasiga 100 dona sayqallangan va 200 dona oʻyma naqshinkor eshik ishlab chiqarilsa $33000 ni tashkil etadi hamda bu qiymat boshlangʻich masala yechimi boʻlib hisoblanadi (a). b) Masalaning birinchi qismida ishlab chiqarish va oxirgi ishlov berish vaqti mos holda 250 va 150 soat boʻlgan holatni koʻrib chiqildi. Lekin ushbu taqsimot aynan optimal taqsimot ekanligi haqida faktlar keltirilmagan. Ushbu vaqt taqsimotlarini oʻzgartirish uchun Поиск решения ilovasi yordamida keying bosqichni koʻrib oʻtish tavsiya etiladi. Birinchi navbatda hisobotning barqarorligini tekshirish kerak boʻladi. Buning uchun natijalarni koʻrish oynasida OK tugmasini bosishdan avval Отчеты (hisobotlar) boʻlimidan Устойчивость (barqarorlik) ni tanlash kerak (9.11-rasm). Ushbu amaldan keyin MS Excel da qoʻshimcha Отчет по устойчивости 1 (barqarorlik hisoboti) varagʻi paydo boʻladi (9.13-rasm). 9.13-rasm. Barqarorlikni tekshirish natijalari Ushbu vaziyatda bizni Тень цена ustuni qiziqtiradi. Ushbu qiymatga koʻra oxirgi ishlov berish vaqti ishlab chiqarish vaqtiga nisbatan yuqori qiymatga ega boʻlib, bu esa oʻz navbatida ish vaqtini ishlov berish vaqti foydasiga qayta taqsimlanishini bildiradi. Barqarorlik hisobotini boshqargan holda vaqtni taqsimlash uchun kerakli qiymatni topish mumkin boʻladi, lekin ushbu holatda masalani uzgartirish orqali kerakli natijaga erishish oson hisoblanadi. Masalani oʻzgaruvchi shartlarga muvofiq shakllantirish uchun har bir bosqich uchun ish vaqti cheklovlarini olib tashlash hamda jami ish vaqti 400*60 (daqiqa)dan oshib ketmasligini belgilab qoʻyilsa yetarli hisoblanadi. Berilgan masalani shartlarini solishtirish uchun, masalaning (a) qismi yechilgan vaaraqni qoldirib, uning nusxasini yaratib olish tavsiya etiladi. Buning uchun ushbu varaq yorligʻi ustida sichqoncha oʻng tugmasini bosib koʻchirish (Переместить/Скопировать) buyrugʻi tanlanadi va hosil boʻlgan oynadan nusxa yaratish (Создавать копию) buyrugʻi belgilanib OK bosiladi. quyiladi. Berilgan shartlarni oʻzgartirish uchun D7 va D8 katakchalarga mos holda =B7+C7 va =400*60, formulalarini yoziladi. Bundan keyin esa Поиск решения ilovasidagi berilgan masala uchun topshiriqlar oʻzgartiriladi, ya'ni cheklovlar oynasidan $B$7:$C$7<=$B$8:$C$8 shart olib tashlanadi va uning oʻrniga D7<=D8 sharti kiritiladi, hamda 9.14-rasmda keltirilgan yechimga ega boʻlinadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling