9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish


-rasm. "Akbar-Rich" masalasi uchun vaqt taqsimoti shartlarini


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana14.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1198506
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-amaliy

9.14-rasm. "Akbar-Rich" masalasi uchun vaqt taqsimoti shartlarini 
oʻzgartirish natijalari. 
Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, ishlab chiqarish va ishlov berish vaqtlari 
taqsimotida oʻzgarish yuz berdi. Ushbu yechimga koʻra, birinchidan olinadigan 
foyda $3000 ga oshdi. Ikkinchidan esa, optimal rejaga koʻra 400 dona 
sayqallangan eshik ishlab chiqarish tavsiya etiladi. 
Optimallashtirish natijalariga koʻra standart va oʻyma naqshinkor eshiklardan 
umuman ishlab chiqarmaslik, real vaziyat uchun toʻgʻri kelmasligi borasida fikrlar 
keltirib chiqaradi. Lekin qoʻyilgan masala shartlari tegishli vaziyatdan kelib 
chiqqan holda tuzilgan boʻlib, qolgan eshik turlariga boʻlgan talab boshqa ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan qoplanishi mumkin.
Boshqa tomondan qaralsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
turlarini qisqartirish ishlab chiqaruvchi firma uchun raqobatbardoshlilikni 
zaiflashtirishi mumkin, ushbu holat ayniqsa firmaning ishlab chiqarish 
imkoniyatlari cheklangan (ishlab chiqarish va ishlov berish uchun ketgan jami vaqt 
cheklangan) boʻlsa yanada oʻz ta'sirini oʻtkazishi mumkin. 


9.15-rasm. Berilgan shartlar boʻyicha natijalarni taqqoslash 
Buning uchun, agar barcha turdagi eshiklardan ishlab chiqarish talab etilsa 
nima oʻzgarishini koʻrish mazmunga ega hisoblanadi. Albatta, bu yerda aniq 
sonlarni berish talab etiladi. Misol uchun, har bir eshik turidan kamida 50 dona 
ishlab chiqarish vazifa qilib berlgilangan boʻlishi mumkin. Bu vaziyatda, G3:G5 
katakchalarga 50 sonini kiritiladi, hamda Поиск решения oynasining cheklovlar 
maydonida E3:E5<=G3:G5 sharti quyiladi va 9.15-rasmda keltirilgan yangi 
natijalar olinadi (ushbu holatda ham tegishli varaqdan nusxa hosil qilib, natijalarni 
taqqoslash tavsiya etiladi).
Ushbu masalaga koʻra, har bir berilayotgan cheklovlar jami olinayotgan 
foydaning qisqarishiga olib keladi. Cheklovlar qanchalik koʻp boʻlsa, olinayotgan 
foyda boshlangʻich masala sharti (a)ga qaraganda shunchalik qisqarib borishi 
mumkin. Bundan tashqari (a) yechimda standart turdagi eshiklarni ishlab chiqarish 
soni 0 ga teng. Agar boshlangʻich masala shartida, ya'ni (a) bandda ham har bir 
eshik turidan kamida 50 dona ishlab chiqarish talab etilsa, jami olinadigan foyda 
$33000 dan $32250 gacha oʻzgarishini koʻrish mumkin (2.42-rasm). Albatta, 
berilgan masalada eshiklar ishlab chiqarishning eng kichik qiymati haqida shart 
berilmagan, lekin ishlab chiqarish masalalarini yechishda kompyuter dasturlaridan 
foydalanish jarayonida u yoki bu variantlarni ham koʻrib chiqish foydadan holi 
boʻlmaydi.
c) c bandda berilgan shartlar masala yechimini topishni yanada 
murakkablashtiradi. Ushbu jarayonni hisobga olish uchun ikkita yangi oʻzgaruvchi 
kiritish kerak boʻladi. Ushbu oʻzgaruvchilarga, tashqi ta'minotchilardan olingan 
yarim fabrikatlar asosida tayyorlangan standart va sayqallangan eshiklar soni kiradi 
(Standart Y va Sayqallangan Y oʻzgaruvchilar). Bundan tashqari, buyurtma 
miqdorini ham hisobga olish va ularni soʻzsiz bajarilishini ta'minlash kerak 
boʻladi. Ushbu ma'lumotlarni MS Excel dasturida ifodalash 9.16-rasmda 
keltirilgan.
G3:G5 katakchalarda kar bir turdagi eshiklarning umumiy sonini hisoblanadi,
“Поиск решения” sozlamalarida esa natijalarni buyurtma bilan solishtiriladi. 
Ishlab chiqarish va ishlov berish uchun boshlangʻich holatdagidek mos holatda 
umumiy 250 va 150 soat ajratiladi. 
Yuqorida koʻrib oʻtilgan masalalardan, MS Excel dasturini yordamida 


muhandislik, ishlab chiqarish, moliyaviy va shunga oʻshash masalalarni yechish 
mumkin. Ushbu dasturning qolgan imkoniyatlaridan foydalanishni talaba yoki 
ushbu darslikdan foydalanuvchining oʻziga mustaqil vazifa sifatida tavsiya etiladi. 
9.13-rasm. Eshik ishlab chiqarishda buyurtma berilgan mahsulot turlari 
sonini kiritish 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling