9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana14.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1198506
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-amaliy

9.1-Masalaning yechilishi 
Birinchi navbatda, quyilayotgan masalaning maqsadini va maqsad 
funksiyaning koʻrinishini aniqlab olamiz. Bu holatda, olinayotgan sof foydani eng 
yuqori qiymatga yetishini, va oʻz navbatida maqsad funksiya barcha markali 
mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishdan keladigan foydani hisoblashi kerak boʻladi. 
Ushbu masalada xarajatlar va kirimlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan, faqat 
ishlab chiqarilgan har bir mineral oʻgʻitdan keladigan foyda haqida ma’lumot 
keltirilgan. Shuning uchun, umumiy sof foyda F ishlab chiqariladigan mineral 
oʻgʻitlar miqdori (kg)ga koʻra baholanadi.
Ushbu fikrlar bizni ishlab chiqariladigan har bir turdagi markali mineral 
oʻgʻitlarning miqdori (kg) masalaning oʻzgaruvchilari sifatida tanlanishi mumkin 
degan xulosaga olib keladi. Demak, masalada 3 ta oʻzgaruvchi boʻladi, ya’ni: Х1 – 
Kaliy xlorid-5 markali mineral oʻgʻitlar miqdori (kg), Х2 – ammoniy nitrat markali 
mineral oʻgʻitlar miqdori (kg) va Х3 – Ammofos-7 markali mineral oʻgʻitlar 
miqdori (kg). Bu holatda maqsad funksiya quyidagicha yoziladi: 


F = X1*45 + X2*90 + X3*120 ($) 
Ushbu ma’lumotlarni MS Excel elektron jadvalida 9.1-rasmdagi kabi 
tasvirlash 
mumkin. 
Bunda 
maqsad 
funksiya 
sifatida 
=СУММПРОИЗВ(E3:E5;D3:D5) ifodasi olingan boʻlib ushbu ifoda 
=E3*D3+E4*D4+E5*D5  ifodasi bilan teng kuchli hisoblanadi. 
9.1-rasm. MS Excel dasturida “Navoiy-Azot” masalasining qoʻyilishi 
Endi bizda ushbu masalada keltirilgan rejada berilgan eng yuqori 
samaradorlik yechimini topish boʻyicha “Поиск решенияilovasi uchun kerakli 
boʻlgan boshlangʻich ma’lumotlar mavjud, hamda maqsad funksiya katakchasini 
(ushbu vaziyatda E7 katakchani) belgilagan holda “Поиск решенияilovasini 
faollashtiramiz (9.2-rasm). Bunda, maqsad funksiya eng yuqori samaradorlik 
boʻlganligi uchun “Максимум” qiymatni topish varianti belgilanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling