9-amaliy mashgʻulot Mavzu: Optimallashtirish masalasini qoʻyish va tahlil qilish
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
9-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2-Masalaning yechilishi a)
Eshik turlari
Ishlab chiqarish vaqti, daqiqa Oxirgi ishlov berish vaqti, daqiqa Foyda, $ Standart 30 15 45 Sayqallangan 30 30 90 Oʻyma naqshinkor 60 30 120 Quyidagi masalalar yechilsin: a) Foydani eng yuqori darajada olish uchun har bir turdagi eshiklardan nechtadan ishlab chiqarish kerak? b) Ikki xildagi texnologik jarayon orasidagi ish vaqti taqsimoti (ishlab chiqarish va oxirgi ishlov berish vaqtlari) eng samarador vaqt sifatida taqsimlanganmi? Agar ushbu vaqtlar taqsimotini optimallashtirilsa ishlab chiqarishdan olinadigan jami foyda qanday oʻzgaradi? c) Kelayotgan haftada “Akbar-Rich” 280 ta standart, 120 ta sayqallangan va 100 ta oʻyma naqshinkor eshiklar uchun buyurtma olgan boʻlib, buyurtmani bajarish uchun “Akbar-Rich” tashqi ta’minotchilardan eshiklar uchun ma’lum miqdordagi yarim fabrikatlar sotib olishi talab etiladi. “Akbar-Rich” faqat standart va sayqallangan eshiklar uchun ushbu yarim fabrikatlardan foydalanishi mumkin, oʻyma naqshinkor eshiklarda esa ushbu xom-ashyo mahsulotlaridan foydalanilmaydi. Bunda standart eshiklarni tayyorlash uchun 6 daqiqa, sayqallangan eshiklar uchun esa 30 daqiqa ishlov berish talab etiladi. Ushbu vaziyatda, standart eshik $15, sayqallangan eshik esa $50 foyda keltiradi. Haftasiga jami 250 soat ishlab chiqarish uchun, 150 soat esa oxirgi ishlov berishga sarflanadi deb hisoblanganda, “Akbar-Rich” firmasi yuqori samaradorlikka erishish uchun qaysi turdagi eshiklardan nechtadan ishlab chiqarishi kerak, hamda standart va sayqallangan eshiklar uchun qancha yarim fabrikatlar sotib olishi kerak? 9.2-Masalaning yechilishi a) Birinchi navbatda, quyilayotgan masalaning maqsadini va maqsad funksiyaning koʻrinishini koʻrinishini aniqlab olamiz. Bu holatda, olinayotgan sof foydani eng yuqori qiymatga yetishini, va oʻz navbatida maqsad funksiya barcha eshiklarni ishlab chiqarishdan keladigan foydani hisoblashi kerak boʻladi. Ushbu masalada xarajatlar va kirimlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan, faqat ishlab chiqarilgan har bir eshikdan keladigan foyda haqida ma’lumot keltirilgan. Shuning uchun, umumiy sof foyda F ishlab chiqariladigan eshiklar soniga koʻra baholanadi. Ushbu fikrlar bizni ishlab chiqariladigan har bir turdagi eshiklarning soni masalaning oʻzgaruvchilari sifatida tanlanishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Demak, masalada 3 ta oʻzgaruvchi boʻladi, ya’ni: Х1 – standart eshiklar soni, Х2 – sayqallangan eshiklar soni va Х3 – oʻyma naqshinkor eshiklar soni. Bu holatda maqsad funksiya quyidagicha yoziladi: F = X1*45 + X2*90 + X3*120 ($) Ushbu ma’lumotlarni MS Excel elektron jadvalida 9.6-rasmdagi kabi tasvirlash mumkin. Bunda maqsad funksiya sifatida Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling