584
mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoqlari
va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog’langan chora-
tadbirlar kompleksi.
INVESTITSIYA LOYIHASI – deganda berilgan vaqt mobaynida aniq
maqsad bilan belgilangan vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bir- biriga
bog’liq tadbirlar majmui tushuniladi.
INVESTITSIYA MUHITI – bu mamlakatdagi
investitsiya jarayonlariga
ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-
sharoitlar majmui.
INVESTITSIYA NORMASI – investitsiyalar hajmining yalpi ichki
mahsulotga bo‘lgan nisbati.
INVESTITSIYA SIYOSATI – investitsiya
faoliyatini jonlantirish,
iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy
muammolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy sub’ektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish
sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: