JAHON MOLIYA-VALYUTA TIZIMI – xalqaro valyuta va moliyaviy
munosabatlarning davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli,
xalqaro miqyosda xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
JAHON BANKI – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan bir vaqtda
tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya instituti bo‘lib, o‘z faoliyatini 1946 yil 25
iyunda boshlagan.
JAHON ZAXIRA VALYuTALARI – umumjahon miqyosida tan olinib,
markaziy banklar tomonidan valyuta zaxiralari sifatida jamg’ariluvchi valyutalar.
Ular investitsion aktiv vazifasini bajarib, valyuta paritetini belgilash vositasi bo‘lib
xizmat qiladi, zarur hollarda valyuta interventsiyasini, shuningdek, markaziy banklar
tomonidan xalqaro hisoblashuvlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalaniladi.
JAHON MOLIYA INSTITUTLARI – jahon moliyaviy va iqtisodiy tizimi
barqarorligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni tartibga solish,
muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi, turli vosita va yo‘llar
bilan qo‘llab-quvvatlovchi va tavsiyalar beruvchi xalqaro va milliy moliyaviy
tashkilotlar.
IJTIMOIY SOHA – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuasi. Bular qatoriga uy-joy
fondlari, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, madaniyat muassasalari va boshqa
tuzilmalarni kiritish mumkin.
IJTIMOIY FAOL INSON – tafakkurida aql va antiaql, ma’no va
ma’nosizlik, mo‘ljal va tasodif, ong va ongsizlik, insonparvarlik va antigumanizm
yaxlit holda mujassamlashgan inson. Noaniqlik, bemulohazalik va yolg’on-
yashiqlar maydonidagi jangchi.
IJTIMOIY FAOLLIK – odamlar tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyat
turi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda ijtimoiy faollik muayyan odamning u
yoki bu tarzda amalga oshirilgan faoliyatining jamiyat manfaatiga yo‘naltirilganida
namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |