9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI –


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI – xalqaro savdo va valyuta 
hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan 
xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar 
o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to‘lov 
balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el 
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam 
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o‘z amaliy faoliyatini 
1947 yil 1 martdan boshlagan. 
XUSUSIY TADBIRKORLIK – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan 
o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad 
(foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan 
tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir. 
EKSPORT – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, 
texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. 
EKSPORT SALOHIYATI – milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida 
raqobatdosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularni jahon narxlari 
bo‘yicha etarli hajmlarda eksport qilish qobiliyati. 
ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONA – mamlakat hududining xorijiy 
mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan 
shug’ullanishlari uchun ruhsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli 
shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to‘lovlari, ijara, viza olish, 
valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo‘ladi. 
YAGONA YER SOLIG’I – miqdori yer uchastkasining ball bonitetlardan 
ifodalangan sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday ta’minlanganligiga qarab 
belgilanadigan qishloq xo‘jaligi korxonalari to‘laydigan soliq turi. 
YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR – yuridik shaxs tashkil etmagan 
holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxs. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling