MAHALLIYLASHTIRISH – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi
buyumlar va materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali unga
bo‘lgan ichki talabni qondirish va eksportini yo‘lga qo‘yish.
MEHNAT BOZORI – bu mehnatga qobiliyatli aholining faol (ish bilan band
va mehnatga muhtoj aholi) qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni tartibga soluvchi, «mehnat qobiliyati» ni sotish-sotib olishni amalga
oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita
barqarorlashtiruvchi ko‘p omilli, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidir.
MEHNAT KOOPERATSIYASI – bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
MEHNAT RESURSLARI – mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga
layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi
ishlayotgan shaxslar.
MIKROKREDIT – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich
sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50
barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 100
barobarigacha; v) fermer xo‘jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha
beriladi.
MIKROMOLIYALASH
– mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi
tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada
mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish to‘g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi
faoliyatidir.
MINIMAL ISTE’MOL BYUDJETI – shaxsning rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar iste’molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini
ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |