587
depozit sertifikatlari va boshqalar) qo‘yilishi nazarda tutiladi.
PUL BOZORI –
bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif ta’siri
ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul bozorida pul tovarga
o‘xshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan shu xususiyati bilan pul bozori
boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Pul bozorida pul nominal foiz normasi
birligiga ega bo‘lgan muqobil likvid vosita bilan almashinadi.
PUL MASSASI – har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar
aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar(korxonalar,
birlamalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladigan naqd va naqd pulsiz xarid
hamda to‘lov vositalari majmuidir.
PUL TAKLIFI – bu muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir.
PULGA TALAB –
bu pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik oboroti uchun kerak
bo‘lgan pulga ehtiyojdir.
RAQOBAT – har qanday bozor mexanizmini tashkil etuvchi ajralmas qism
bo‘lib, u ko‘p miqdordagi erkin xaridorlar (ish beruchilar)
va ish kuchini
«sotuvchi»larning mavjudligi hamda ular uchun mehnat bozoriga erkin kirish va
uni tark etish imkoniyatini anglatadi.
RAQOBATBARDOShLIK – tovar ishlab
chiqaruvchilarning minimal
rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga
bo‘lgan qobiliyatidir.
SOLIQLAR – yuridik va jismoniy shaxslardan
aniq muddat va stavkalar
asosida majburiy tartibda undiriladigan, ekvivalentsiz xususiyatga ega bo‘lgan va
faqat davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar.
SOG’LIQNI SAQLASh TIZIMI – tibbiy yordamni tashkil etish,
kasalliklarning oldini olish, aholi salomatlik darajasini yaxshilashga qaratilagan va
ijtimoiy - iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan davlat va
jamiyat chora - tadbirlari
yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: