586
MAJBURIY ZAXIRA TALABI – tijorat banklari jalb qilgan mablag’laridan
ma’lum bir qismini Markaziy bankning zaxira fondiga o‘tkazilishidir.
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLAR –
mamlakat iqtisodiyotidagi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘lchash va baholash imkoniyatini
beradigan ko‘rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy
o‘sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar.
MAMLAKAT PUL OBOROTI – ma’lum bir davr mobaynida korxonalar,
tashkilotlar va aholi tomonidan naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan
to‘lovlar majmuasidir.
MAHALLA – O‘zbekistonning
muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar
davomida shakllanib, faoliyat ko‘rsatayotgan, aholi yashaydigan ma’muriy- hududiy
birlik, uyushma.
Do'stlaringiz bilan baham: