9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
19 mavzu amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- INVESTITSIYALASH
INVESTITSIYAVIY FAOLLIK – turli iqtisodiy sub’ektlar (davlat, korxona
va tashkilotlar, jamg’armalar va h.k.)ning daromad olish maqsadida milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi. INVESTITSIYAVIY HAMKORLIK – xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabi natijalarni maqsad qilgan. INVESTITSIYALASH – bu asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish xamda kelgusida foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni uzoq muddatga kiritish degan ta’rifdan kelib chiqsak, tabiiyki, resurlarni kiritishning asosiy jixati xususiy mablag’lar va investorlarning qarz mablag’larini yangi qiymatni xosil qiladigan ishlab chiqarish aktivlariga aylantirishdan iborat. INVESTOR – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investorlar – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar kreditor va xaridor rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishi mumkin. Odatda investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydi, shartnoma shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa sub’ektlari bilan - kontraktor, hukumat organlari, yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling