9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

MOLIYAVIY INVESTITSIYA – daromad olish maqsadida investitsiyalarni 
turli qimmatli qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar, banklarning 


587 
depozit sertifikatlari va boshqalar) qo‘yilishi nazarda tutiladi. 
PUL BOZORI bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif ta’siri 
ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul bozorida pul tovarga 
o‘xshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan shu xususiyati bilan pul bozori 
boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Pul bozorida pul nominal foiz normasi 
birligiga ega bo‘lgan muqobil likvid vosita bilan almashinadi. 
PUL MASSASI – har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar 
aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar(korxonalar, 
birlamalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladigan naqd va naqd pulsiz xarid 
hamda to‘lov vositalari majmuidir. 
PUL TAKLIFI – bu muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir. 
PULGA TALAB bu pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik oboroti uchun kerak 
bo‘lgan pulga ehtiyojdir. 
RAQOBAT – har qanday bozor mexanizmini tashkil etuvchi ajralmas qism 
bo‘lib, u ko‘p miqdordagi erkin xaridorlar (ish beruchilar) va ish kuchini 
«sotuvchi»larning mavjudligi hamda ular uchun mehnat bozoriga erkin kirish va 
uni tark etish imkoniyatini anglatadi. 
RAQOBATBARDOShLIK – tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal 
rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga 
bo‘lgan qobiliyatidir. 
SOLIQLAR – yuridik va jismoniy shaxslardan aniq muddat va stavkalar 
asosida majburiy tartibda undiriladigan, ekvivalentsiz xususiyatga ega bo‘lgan va 
faqat davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar. 
SOG’LIQNI SAQLASh TIZIMI – tibbiy yordamni tashkil etish, 
kasalliklarning oldini olish, aholi salomatlik darajasini yaxshilashga qaratilagan va 
ijtimoiy - iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan davlat va jamiyat chora - tadbirlari 
yig’indisi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling