9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

MAHALLIYLASHTIRISH – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi 
buyumlar va materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali unga 
bo‘lgan ichki talabni qondirish va eksportini yo‘lga qo‘yish. 
MEHNAT BOZORI – bu mehnatga qobiliyatli aholining faol (ish bilan band 
va mehnatga muhtoj aholi) qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni tartibga soluvchi, «mehnat qobiliyati» ni sotish-sotib olishni amalga 
oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita 
barqarorlashtiruvchi ko‘p omilli, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidir. 
MEHNAT KOOPERATSIYASI – bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida 
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat 
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir. 
MEHNAT RESURSLARI – mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga 
layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi 
ishlayotgan shaxslar. 
MIKROKREDIT – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich 
sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 
barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 100 
barobarigacha; v) fermer xo‘jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha 
beriladi. 
MIKROMOLIYALASH 
– mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi 
tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada 
mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish to‘g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi 
faoliyatidir. 
MINIMAL ISTE’MOL BYUDJETI – shaxsning rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar iste’molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini 
ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling