9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

INVESTITSION KREDITLAR – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik 
va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi 
bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalar hamda qimmatli 
qog’ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq muddatli kreditlar. 
INVESTITSIYA – bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy 
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo‘yilgan 
omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, 
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 
boyliklardir. Investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish 
maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul 
mablag’lari. 
INVESTITSIYA DASTURI – respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy 
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va 


584 
mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoqlari 
va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik 
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog’langan chora-
tadbirlar kompleksi. 
INVESTITSIYA LOYIHASI – deganda berilgan vaqt mobaynida aniq 
maqsad bilan belgilangan vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bir- biriga 
bog’liq tadbirlar majmui tushuniladi. 
INVESTITSIYA MUHITI – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga 
ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart- 
sharoitlar majmui. 
INVESTITSIYA NORMASI – investitsiyalar hajmining yalpi ichki 
mahsulotga bo‘lgan nisbati. 
INVESTITSIYA SIYOSATI – investitsiya faoliyatini jonlantirish
iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy 
muammolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy sub’ektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish 
sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling