9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


BARQAROR IQTISODIY O‘SISH


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

BARQAROR IQTISODIY O‘SISH – bu iqtisodiyotning uzoq vaqt 
davomida yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir. 
BARQAROR RIVOJLANISH – bu shunday rivojlanishki u aholini hozirgi 
ehtiyojlarini qondiradi va kelajak avlodning o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini 
xavf ostiga qo‘ymaydi. 
BEVOSITA INVESTISIYA – kapital qo‘yilmalarning investor tomonidan 
to‘g’ridan-to‘g’ri investitsion ob’ektlarga yo‘naltirilishi nazarda tutiladi. 
BILVOSITA INVESTISIYA – vositachi moliyaviy tashkilotlar orqali 
investorlar tomonidan kapital qo‘yilmalarning qo‘yilishi tarzida ifodalanadi. 
BOZOR IQTISODIYOTI – erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, 
iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga 
yo‘naltirilgan va boshqariladigan iqtisodiy tizim. 
BYUDJET PROFITSITI – muayyan davrda byudjet daromadlarining 
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan miqdori. 


582 
BYUDJET TAQCHILLIGI – muayyan davrda byudjet xarajatlarining 
byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi. 
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ jahonning deyarli 
barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik 
va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik 
holatlarining vujudga kelishi. 
DAVLAT BYUDJETI – davlatning daromad va xarajatlari hamda ularni 
moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. 
DAVLAT BYUDJETI PROFISITI – davlat byudjeti daromadlarining 
xarajatlarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi. 
DAVLAT BYUDJETI TAQCHILLIGI – byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlariga 
nisbatan 
oshib 
ketishi 
natijasida 
moliyaviy 
resurslar 
etishmovchiligining vujudga kelishi. 
DAVLAT IJTIMOIY YORDAMI – mehnatga layoqatligining yo‘qligi, 
ishsizligi, daromad manbai mavjud bo‘lmaganligi sababli mustaqil ravishda o‘zini 
moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling