9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


JAHON MOLIYA-VALYUTA TIZIMI


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

JAHON MOLIYA-VALYUTA TIZIMI – xalqaro valyuta va moliyaviy 
munosabatlarning davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli
xalqaro miqyosda xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi. 
JAHON BANKI – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan bir vaqtda 
tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya instituti bo‘lib, o‘z faoliyatini 1946 yil 25 
iyunda boshlagan. 
JAHON ZAXIRA VALYuTALARI umumjahon miqyosida tan olinib
markaziy banklar tomonidan valyuta zaxiralari sifatida jamg’ariluvchi valyutalar. 
Ular investitsion aktiv vazifasini bajarib, valyuta paritetini belgilash vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi, zarur hollarda valyuta interventsiyasini, shuningdek, markaziy banklar 
tomonidan xalqaro hisoblashuvlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalaniladi. 
JAHON MOLIYA INSTITUTLARI – jahon moliyaviy va iqtisodiy tizimi 
barqarorligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni tartibga solish, 
muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi, turli vosita va yo‘llar 
bilan qo‘llab-quvvatlovchi va tavsiyalar beruvchi xalqaro va milliy moliyaviy 
tashkilotlar. 
IJTIMOIY SOHA – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini 
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuasi. Bular qatoriga uy-joy 
fondlari, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, madaniyat muassasalari va boshqa 
tuzilmalarni kiritish mumkin. 
IJTIMOIY FAOL INSON – tafakkurida aql va antiaql, ma’no va 
ma’nosizlik, mo‘ljal va tasodif, ong va ongsizlik, insonparvarlik va antigumanizm 
yaxlit holda mujassamlashgan inson. Noaniqlik, bemulohazalik va yolg’on- 
yashiqlar maydonidagi jangchi. 
IJTIMOIY FAOLLIK – odamlar tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyat 
turi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda ijtimoiy faollik muayyan odamning u 
yoki bu tarzda amalga oshirilgan faoliyatining jamiyat manfaatiga yo‘naltirilganida 
namoyon bo‘ladi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling