XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI – xalqaro savdo va valyuta
hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan
xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar
o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to‘lov
balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o‘z amaliy faoliyatini
1947 yil 1 martdan boshlagan.
XUSUSIY TADBIRKORLIK – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan
o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad
(foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan
tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
EKSPORT – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar,
texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.
EKSPORT SALOHIYATI – milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida
raqobatdosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularni jahon narxlari
bo‘yicha etarli hajmlarda eksport qilish qobiliyati.
ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONA – mamlakat hududining xorijiy
mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan
shug’ullanishlari uchun ruhsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli
shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to‘lovlari, ijara, viza olish,
valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo‘ladi.
YAGONA YER SOLIG’I – miqdori yer uchastkasining ball bonitetlardan
ifodalangan sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday ta’minlanganligiga qarab
belgilanadigan qishloq xo‘jaligi korxonalari to‘laydigan soliq turi.
YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR – yuridik shaxs tashkil etmagan
holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |