9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

DAVLAT INVESTITSIYASI – davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
davlat fondlari hamda davlat korxonalari tomonidan kapitallar qo‘yilishini 
ifodalaydi. 
DAVLAT ICHKI QARZLARI – davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb 
qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig’indisi. 
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va 
tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk 
bo‘lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir. 
DAVLAT TASHQI QARZI – davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish 
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. 
DAVLAT QARZLARI – davlatning mamlakatda qimmatli qog’ozlarni 
chiqarish shaklidagi, turli byudjetdan tashqari fondlardan (ichki qarz) hamda xorijiy 
davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan (tashqi qarz) olgan qarzlari. 
DAROMAD – bu ishlab chiqarilgan mahsulot narxining uni ishlab chiqarish 
sarf-harajatlaridan oshishi, shuningdek, har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida 
shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va ular tomonidan 
o‘zlashtirilgan ulushi. 
DEPOZIT – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, lug’aviy ma’nosi-saqlash uchun 
topshirilgan buyum ma’nosini bildiradiBank depozitlari – jismoniy va yuridik 
shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida 
qo‘yilgan bo‘sh pul mablag’lari. 
DEFITSIT − biror narsaning etishmasligi, kamchiligi, jumladan, tovarlar 
etishmasligi, byudjet mablag’ining etishmasligi. 
DIVERSIFIKATSIYA – yuqori qo‘shilgan qiymat o‘sish dinamikasini 
ta’minlovchi ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshishi 


583 
va kengayishi jarayonidir. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib 
borilayotgan modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bevosita uyg’unlashgan. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling