9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


AHOLINING PUL DAROMADLARI


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

AHOLINING PUL DAROMADLARI – bu aholining barcha pul 
mablag’lari tushumi: pensiya, stipendiya, nafaqa; mulkdan foiz, dividend, renta, 
aktsiya, qimmatbaho qog’ozlar, ko‘chmas mulk, chorva mollari, tomorqa 
mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan, turli 
xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan pul tushumlaridir. 
AHOLINING REAL DAROMADLARI – narx darajasi o‘zgarishini 
hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan 
tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni, aholi ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid 
quvvati. 
AHOLINING TURMUSH DARAJASI – bu aholi farovonligi, ne’matlar va 
xizmatlar iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish 
me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir. 
BANDLIK – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan 
mashg’ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog’liq bo‘lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. 
BANK LIKVIDLILIGI – banklar majburiyatlarini o‘z vaqtida qaytara olish 
qobiliyati yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga 
aylanish qobiliyatidir. 
BANK NAZORATI BO‘YICHA BAZEL QO‘MITASI TALABLARI – 
bank tizimining barqaror amal qilishi hamda o‘z majburiyatlarini bajara olishini 
ta’minlash uchun o‘rnatilgan xalqaro me’yorlar majmui bo‘lib, u kapitalning etarlilik 
darajasini, banklarni nazorat qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo‘yilgan 
talablarni ifodalaydi. 
BANK TIZIMI – bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan 
mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatish shakli 
BANKLAR KAPITALINING YETARLILIK DARAJASI – bu jami 
kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga 
ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling