9. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati+ – masala


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1547366
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
19 mavzu amaliy

INVESTITSIYAVIY FAOLLIK – turli iqtisodiy sub’ektlar (davlat, korxona 
va tashkilotlar, jamg’armalar va h.k.)ning daromad olish maqsadida milliy yoki 
xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi. 
INVESTITSIYAVIY 
HAMKORLIK 
– 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro 
mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali 
davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik 
ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabi natijalarni maqsad qilgan. 
INVESTITSIYALASH – bu asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish xamda 
kelgusida foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni uzoq muddatga kiritish degan 
ta’rifdan kelib chiqsak, tabiiyki, resurlarni kiritishning asosiy jixati xususiy 
mablag’lar va investorlarning qarz mablag’larini yangi qiymatni xosil qiladigan 
ishlab chiqarish aktivlariga aylantirishdan iborat. 
INVESTOR – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni 
sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investorlar – 
xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror 
qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya 
natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. 
Investorlar kreditor va xaridor rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya 
faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishi mumkin. Odatda 
investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydi, shartnoma 
shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa sub’ektlari bilan - 
kontraktor, hukumat organlari, yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu 
mahsulotning iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling