9-ma’ruza: Eksperiment tadqiqot natijalariga ishlov berish


Download 333.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana24.01.2023
Hajmi333.54 Kb.
#1118087
1   2   3   4   5
Bog'liq
9(ITM)

9.3. Hisoblash eksperimenti 
Hisoblash eksperimentini asosi bo‘lib, matematik model-lashtirish, nazariy 
asosi bo‘lib, amaliy matematika, texnika-viysi esa elektron hisoblash mashinalari 
hisoblanadi. 
Hisoblash eksperimentidan fan va texnikaning turli sohalarida murakkab amaliy 
vazifalarni hal qilish uchun vo-sita sifatida foydalaniladi. Hisoblash eksperimenti uchun 
hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar xilma-xil bo‘lishiga qaramay umumiy texnologik turkum 
xosdir, u shartli ravishda bir qator bosqichlarga bo‘linadi. 
Birinchi bosqichda tadqiq etilayotgan ob’ektning matema-tik modeli yaratiladi, u 
qoidaga ko‘ra differensial yoki in-tegrodifferensial tenglamalar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Matematik modelni tuzish qo‘pincha u yoki bu fan (fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, 
iqtisodiyot va h.k.) sohalarining mutaxassislari tomonidan bajariladi. Matematiklar yuzaga 
kelgan matematik vazifalarni yechish imkonini baholaydilar va modelni boshlang‘ich 
tadqiqotini o‘tkazadilar: masala to‘g‘ri qo‘yilganmi, u yechimga egami, u birginami va 
h.k. larni aniqlaydilar. 
Ikkinchi bosqichda shakllantirilgan matematik masala yoki aytish mumkinki
hisoblash algoritmlik hisoblash usuli ishlab chiqiladi. U algebraik tenglamalar xalqalari 
majmuidan iborat bo‘ladi, shular bo‘yicha hisoblash olib boriladi va bu formulalarni 
qo‘llash muntazamligini belgilovchi mantiqiy sharoit yuzaga keltiriladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, ayni bir matematik masalani hal qilish uchun ko‘plab 
hisoblash algoritmlari - yaxshi va yomonlari ishlab chiqiladi. Shuning uchun algoritmni 
samarali hisoblashni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi, buning uchun raqamli hisoblash 
nazariyasidan foydalaniladi. 
Uchinchi bosqichda ishlab chiqilgan xisoblash algoritmini EHMda bajarish 
profammasi tuziladi. 


To‘rtinchi bosqich hisoblash eksperimentini bajarish bilan bog‘liq. EHM 
hisoblash jarayonida tadqiqotchini qiziqtirgan har qanday informatsiyani berish 
mumkin. Tabiiyki, mazkur informatsiyani aniqligi matematik modelni ishonchliligi 
bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra jiddiy amaliy tadqiqotlarda ba’zan hozirgina 
tuzilgan programma bo‘yicha to‘laqonli hisoblashni o‘tkazish darhol boshlanmaydi. 
Bundan avval programmani «sozlash» uchun zarur bo‘lgan test hisob-kitoblari 
o‘tkaziladi. 
Dastlabki hisob-kitoblarni o‘tkazishda matematik model testlanadi: 
o‘rganilayotgan ob’ekt, jarayon yoki hodisani u qanchalik yaxshi tavsiflaydi, qay 
darajada haqiqatga yaqinligi aniqlanadi. Buning uchun yetarlicha ishonchli 
o‘lchashlar bo‘lgan ba’zi nazorat eksperimentlarini «taftishlash» o‘tkaziladi. Bunda 
eksperiment va hisoblash natijalari taqqoslanadi, matematik model aniqlanadi. 
Beshinchi bosqichda hisob-kitob natijalarini ishlab chiqish EHMda amalga 
oshiriladi, ular atroflicha tahlil o‘tkaziladi va xulosa qilinadi. Bunda xulosalarning ikki 
turi bo‘lishi mumkin: yoki matematik modelni, yoki olingan natijalarni turli mezonlar 
bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazib aniklash zarurligi belgilanadi, bular ilmiy yutuqqa aylanadi 
hamda buyurtmachiga beriladi. Amalda esa har ikki xulosalar ko‘pincha uchrab turadi. 
Hisoblash eksperimenti texnologik turkumining o‘tilgan tarxi 8.03-rasmda 
keltirildi. 
1. Matematik model tuzish. 2. Hisob-kitoblar natijasini ishlab chiqish, tahlil 
va xulosalar. 3. Hisoblash algoritmini ishlab chiqish. 4. EHMda hisoblash. 5. 
Programmalashtirish.
M



Download 333.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling