9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


Mehnat potensialining tasniflanishi


Download 429.65 Kb.
bet9/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

6.3. Mehnat potensialining tasniflanishi

Mehnat potensialini tadqiq etishda ularning tegishlilik xususiyatla-riga ko‘ra o‘rganish alohida axamiyat kasb etadi. Chunki u tegishlilik daraja-siga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-biridan farqlanuvchi shax-siy, tarmoq va hududiy ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.


Potensialning tegishlilik xususiyatini talqin etishda turli olimlar turlicha nuqtai nazarni ilgari suradilar.


Rossiyalik professor N. I. Shatalova mehnat potensialini mikrodaraja-da tadqiq etib, uni ishchi (xodim) egalik qiladigan ish salohiyati sifatida talqin qiladi.


Shuningdek, rus olimi I. A. Kokorev ham faqatgina mikro jihatdan kelib chiqib, mazkur tushunchani faqat shaxs mehnat potensiali sifatida talqin etgan. Uningcha, mehnat potensiali shaxs egalik qiladigan va unga tegishli bo‘lgan mehnatga oid sifat va qobiliyatlarning umumlashmasidir.


A. Ya. Kibanov mehnat potensialini tegishlilik xususiyatiga ko‘ra mikro va makrodarajada o‘rganib, uni 3 qismga ajratadi;





  1. Ishchining mehnat potensiali xodimga tegishli bo‘lgan mehnatning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari hamda uning ish faoliyatida ishtirok etish chegarasini belgilovchi imkoniyatlari. Xodimning mehnat potensiali uning kadr potensiali orqali namoyon bo‘ladi. Uning potensiali asosini tabiat tomonidan berilgan sifat ko‘rsatkichlari (sog‘liq, jismoniy imkoniyatlar va ijodiy qobiliyatlar) tashkil etadi.




  1. Korxona mehnat potensiali ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida tash-kilot mehnat jamoasiga tegishli bo‘lgan mehnatning miqdor va sifat imko-niyatlari. Tashkilot mehnat potensiali inson faoliyatining aniq shakldagi moddiylashuvi hisoblanib, korxona kadrlar potensialining sifat va miq-dor xususiyatlari uyg‘unligining personallashgan ishchi kuchi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Boshqacha aytganda, u korxona kadrlar tarkibining shaxsiy va professional imkoniyatlarining umumiy bahosidir.




  1. Jamiyat mehnat potensiali mamlakatning umumiy mehnat imko-niyatlari. U sifat va miqdor xususiyatlari (mehnatga layoqatli aholi soni, mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholining ish vaqti miqdori, salo-matlik darajasi, jismoniy imkoniyatlar, ta’lim va malaka darajasi)ga ega bo‘lgan jamiyatning kadr potensiali sifatida namoyon bo‘ladi.

Mazkur darslikda mehnat potensiali mikro va makrodarajada qarab chiqilgan bo‘lib, bu potensial xodim, tashkilot va jamiyat egalik qiladi-gan mehnat potensialiga ajratib ko‘rsatilgan. Unda keltirilishicha, inson jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining majmui shaxs (xodim) mehnat po-tensialining asosi hisoblansa­, ijtimoiy, ya’ni turli shaxslarning birga- likdagi faoliyati tufayli paydo bo‘ladigan «oshirilgan» unumli kuch, jamoa va tashkilot mehnat potensialining asosini tashkil etadi.


Yuqoridagi fikrlarni rivojlantirib, mehnat potensialini xususiyat-lariga ko‘ra mikro, mezo va makrodarajalarga ajratish mumkin. Bunda mik­ rodaraja korxonaning (tashkilot), mezodaraja hududning (mintaqa), mak­ rodaraja esa mamlakatning jami mehnat potensialini ko‘rsatadi.





Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling