9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»
-jadval Ilmiy-iqtisodiy muomalada mehnat omiliga oid
Download 429.65 Kb.
|
9-mavzu. Mehnat potensiali
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kategoriya Kategoriyaga berilgan
6.1-jadval
Ilmiy-iqtisodiy muomalada mehnat omiliga oid kategoriyalarning shakllanishi
Mehnat potensiali jamiyatda mehnat imkoniyati, quvvati, ish bilan bog‘-liq kuchlarning mavjudligi, degan ma’noni bildiradi. Mehnat potensialining ta’rifi uning shakllanishi, uni sifatiy, miqdoriy baholash va samarali foydalanishni ifodalovchi omillar birikmasidan iborat. Hozirgacha mazkur kategoriya olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib, ular bu tushunchaga turli nuqtai nazardan yondashganlar. Ba’zi olimlar mehnat potensiali bilan mehnat resurslarini o‘zaro teng lashtirib, bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi, deya ta’kidlashadi. Boshqa tadqiqotchilarning qayd etishicha, bu kategoriyalar bir-biridan farq qiladi, bunda mehnat potensiali mehnat resurslari va ishchi kuchiga nisba-tan kengroq tushuncha hisoblanadi. «Mehnat potensiali» mavzusi haligacha munozarali masala bo‘lib kel-moqdaki, bugungi kunda u haqdagi ilmiy-iqtisodiy yondashuvlarni uch yo‘na-lishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish vakillari «mehnat potensiali» kategoriyasiga «resurs» jihatdan yondashib, asosan, uning miqdoriy ko‘rsatkichlariga alohida ahami-yat beradilar. Mazkur yo‘nalish vakillarining fikricha, mehnat potensiali jamiyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan turli xildagi ish bilan bog‘liq resurslar majmuidir. Mazkur kategoriyani tadqiq etar ekan, rossiyalik olim N. A. Gorelov uni «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari bilan bevosita teng lashtiradi. U bunga miqdor jihatdan yondashib, mehnat potensiali mehnat yoshidagi ishga layoqatli axoli sonidan iborat, degan fikrni ilgari suradi. Aynan shunga o‘xshash fikrni G. G. Sergeeva va L. S. Chijovalarning iqti-sodiy qarashlarida ham ko‘rish mumkin. Ular tomonidan chop etilgan «Mamla-kat mehnat potensiali» asarida mazkur kategoriyani jamiyat egalik qiladi-gan mehnat resurslaridir, deya talqin etadilar. Biroq ular, N. A. Gorelovdan farqli ravishda, ushbu kategoriyani talqin etishda uning sifat jihatlariga ham e’tibor qaratadilar. Ya’ni, ularning fikricha, ishga layoqatli aholining miqdor na sifat jihatlarining o‘zaro uyg‘unligi mehnat potensialining real mazmunini belgilab beradi. Rossiyalik iqtisodchi olim N. A. Volgin ham unga resurs sifatida yonda-shib, «Mehnat potensiali – bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq ko‘pgina ele-mentlardan tashkil topgan mehnat resurslari yig‘indisidir. U yoki bu ele-mentni ushbu majmuaga kiritishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy belgi jonli shaxs, organizm egalik qiladigan ishga bo‘lgan jismoniy va ma’naviy qobiliyatdir», degan fikrni ilgari surgan. R. P. Ruzavina, R. P. Kolosova, A. A. Kumыkova va L. E. Kunelskiylarning fikricha, mehnat potensiali ishchi kuchi kategoriyasini ravshanlashtiruvchi yo‘nalishlardan biridir. Mazkur olimlar potensialni resurslarga nisba-tan kengroq tushuncha deb qarab, mehnat potensialining tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga layoqatli barcha fuqarolarni, shuningdek, ish bilan band bo‘lgan ishchilar bilan bir qatorda, ba’zi sabablarga ko‘ra ish bilan band bo‘lmagan kishilarni ham kiritadilar. V. G. Vrublevskiy potensialga nisbatan o‘ziga xos nuqtai nazarni ilga-ri surib, uning shakllanishida ish sharoitlariga ham alohida urg‘u beradi. Shunga ko‘ra, u mehnat potensiali jami ishchi kuchi va sharoitlarning birli-gidan tashkil topadi, deya ta’kidlaydi. Ukrainalik iqtisodchi olim N. V. Korovyakovskaya ham potensialni re-sursga tenglashtirib, mehnat potensiali ishga layoqatli yoshdagi aholidan hamda pensiya yoshiga yetgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining xizmatga bo‘lgan qobiliyatini saqlab qolgan kishilar birikmasidan tashkil topadi, degan xu-losaga keladi. L. S. Degtyar esa resurslar va potensial o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, deb hisoblaydi. Uning bildirishicha, har ikkala kategoriya ham bir xil maz-munga ega va o‘zaro teng ahamiyatlidir. Demak, potensialga resurs sifatida yondashadigan olimlar, asosan, miq-dor ko‘rsatkichlariga birinchi darajali e’tibor berib, ular potensialni ta’riflashda ishga layoqatli kishilar, mehnat resurslari, ish bilan band-lar, ishsizlar hamda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan pensionerlar kabi aho-li qatlamlari bilan cheklanganlar. Bunda ular aholining shaxsiy sifat va kasb-malaka omillarini inobatga olmaganlar. Download 429.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling