9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


-rasm. Har bir shaxsning mehnat potensiali tarkibi


Download 429.65 Kb.
bet3/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

6.2-rasm. Har bir shaxsning mehnat potensiali tarkibi

Turli shaxslarning birgalikdagi mehnat faoliyati tufayli paydo bo‘ladi-gan ishlab chiqaruvchi kuch korxona jamoasining mehnat potensiali asosini tashkil etadi. Bunda mehnat jamoalari korxonaning hududiy joylashishi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ishlab chiqarishning ko‘lamlari, xodimlarning yosh-jins tarkibi va boshqalarga bog‘liq ravishda turli potensialga ega bo‘la-di. Bundan tashqari har bir korxona jamoani shakllantirishning o‘z xususiyat-lariga, mehnat an’analariga, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga ega.




Korxona mehnat potensialida quyidagi tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

– korxonaning kadrlar tarkibi (xodimlarning ta’lim potensiali va ma-laka potensiali);


– mehnat jamoasining kasb tarkibi. Muayyan korxonada mehnatning mazmunidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri hamda mehnat operatsiyalarining murakkablashishi natijasida yangi kasblar paydo bo‘lib, ayrim kasblar yo‘qolib bormoqda.


– tashkiliy. U mehnatni tashkil etishda va mehnat madaniyatida o‘z ifoda-sini topadi. Ishlab chiqish jarayonlarining puxta tashkil etilishi xodim-larning o‘z mehnat faoliyatidan qoniqishini ham ta’minlaydi.


Xodimning mehnat potensiali «inson kapitali» va «inson taraqqiyoti» tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Iqtisodiyot yuritishning barcha shakl va ko‘rinishlarida ijtimoiy-iqti-sodiy taraqqiyotga erishishning bosh omili mehnat hisoblanadi. Shu bois, bugungi kunda mazkur omilga muhim iqtisodiy potensial sifatida qarala-di. Lekin u barcha davrlarda ham potensial ahamiyat kasb etavermagan. Hozir-gacha mehnat omiliga oid bir qancha qarashlar ilgari surilgan bo‘lib, ularda mehnatga nisbatan «ishchi kuchi», «mehnat resurslari», «inson omili», «in-son kapitali» va «mehnat potensiali» kabi tushunchalar talqin etilgan.


Ilmiy-iqtisodiy muomalada dastlab «ishchi kuchi» atamasi vujudga kelgan bo‘lib, bu kategoriyaning iqtisodiyot faniga kiritilishi mumtoz iqtisodiy maktab ta’limotchilari bilan bog‘liq. Dastlab mazkur kategoriya faqatgina manufaktura ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan ishchilarga nisbatan qo‘l-lanilgan bo‘lsa, hozirda mamlakatning barcha ishlab chiqarish kuchlari, ya’ni ish bilan bandlar va ishlash istagini bildirgan ishsizlarni o‘z ichiga oladi.


«Mehnat resurslari» atamasi 1922 yilda rossiyalik olim S. Strumi-lin tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning «Bizning mehnat resurslarimiz va istiqbollarimiz» deb nomlangan ilmiy ishida ilk bora ilmiy-iqtisodiy jihatdan asoslab berilgan. Muallif mazkur tushunchani markazlashgan re-jali iqtisodiyot yuritish tizimi nuqtai nazaridan talqin etgan bo‘lib, unga mehnat resurslariga rejalashtiriluvchi sust (passiv) ishchi kuchi majmuasi sifatida qaragan. Uning fikricha, mehnat resurslari mamlakatning jami ishchi kuchidan yoki 16–49 yoshdagi aholidan iborat. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot tizimida ham mehnat resurslari mamlakat ishchi ku-chining jamini ifoda etib, «ishchi kuchi» kategoriyasidan farqli ravishda o‘z ichiga ishga layoqatli aholining nofaol (passiv) qismini ham oladi. Bugun-gi ilmiy-iqtisodiy nuqtai nazarlarda mehnat resurslariga, asosan, miqdor (son) jihatdan yondashiladi.


Inson omili va kapitali kategoriyalari o‘zida, asosan, kishining shaxsiy sifatlari, xususiyatlari, korxona ishlab chiqarishidagi o‘rni nuqtai nazari-dan o‘rganilib, fanda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga nisbatan mikrodara-jali deb qaraladi.


Ushbu tushunchalarni bir-biridan farqlash, alohida ajratish va «mehnat potensiali» kategoriyasining asl mazmun-mohiyatini tadqiq etish zarurati bu boradagi ilmiy-nazariy munozaralarni keltirib chiqarmoqda.


«Mehnat potensiali» atamasi ilk bor rus iqtisodiy adabiyotlariga o‘tgan asrning 70-yillarida qiritilgan bo‘lib, 80-yillardan boshlab ilmiy muo-malada keng qo‘llanila boshlandi. «Potensial» atamasi lotincha «rotentia» so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy jihatdan «imkoniyat, salohiyat, quvvat» de-gan ma’nolarni anglatadi.





Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling