9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


-rasm. Mehnat potensiali sifat ko‘rsatkichlarining shakllanishi


Download 429.65 Kb.
bet8/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

6.4-rasm. Mehnat potensiali sifat ko‘rsatkichlarining shakllanishi

Mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichlariga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular quyidagicha ifodalanadi:



f(s)= s (s , s , s , s , s ,c ……..c ),

(2)

1

2

3

4

5

6

n




bu yerda: f(s) – mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichi; s1 – jismoniy holat va sog‘lik darajasi; s2 – ta’lim va ma’lumot darajasi; s3 – malakasi va kasbiy mahorati; s4tadbirkorlik qobiliyati; s5 – hayotiy tajriba va ko‘nikmasi; c6 – dunyoqarashi va ongi; c7 – odob-axloki va xulq-atvori; c8 – ma’naviy yetukligi...

Mehnat potensialining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi dastlabki omil bo‘lib, inson resurslarining jismoniy holati va sog‘lik darajasi hisoblanadi. Har bir kishi to‘la-to‘kis hayot kechirish va o‘zi tanlagan mehnat faoliyati sohasida ishlay olishi uchun muayyan sog‘lik hamda jismoniy rivoj­ lanish darajasiga ega bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkich shaxsning jismoniy imkoniyatlari, quvvati va salohiyatini belgilaydi. Aynan ushbu imkoniyat-largina ishlab chiqarishni tashkil etish, samarali boshqarish va iqtisodiyot-ni yuritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Aholi va mehnat potensialining malaka va kasbiy mahorat ko‘rsatki-chi, bir tomondan, xodimning doimiy ravishda murakkablashib boruvchi ish vazifalarini bajarishga, kasb faoliyati o‘zgarishiga tayyorligini, ikkinchi tomondan, xizmatga munosabatini, mehnat intizomini, mehnat intensivli-gini shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich xodimning yil-lar davomidagi mehnat faoliyati, amaliy tajribalari va nazariy bilimlari asosida shakllanadi. Malaka va mahoratning yuqori ko‘rsatkichi ishchining o‘z mutaxassisligini yaxshi egallagani, kasbiy tayyorgarlikka egaligi va zamo-naviy talablarga javob bera olish qobiliyatlaridan dalolat beradi. Ushbu omil orqali jamiyatda yangi yutuqlarga erishish va yuqori marralarni zabt etish mumkin bo‘ladi


Xodimning tadbirkorlik qobiliyati uning yaratuvchiligi va yangilik-ka intilib ishlashini anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu fazilatga ega ish-chilar daromad olish yo‘llari va manbaalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lib, biznes yuritish bo‘yicha yetarli bilim sohibidirlar. Shuningdek, tadbir-korlik qobiliyati tashabbuskorlik va yangi g‘oyalarning vujudga kelishini ta’minlaydi. Korxona strategiyasini ishlab chiqarish, uning kelgusi re-jalarini belgilash va ishlab chiqarishning yangi turlarini joriy etishda ushbu xususiyatga ega kishilar mehnatidan foydalanish o‘z samarasini be-radi.


Shunday qilib, mehnat potensiali – bu jamiyatning mehnat sohasidagi imkoniyat quvvatlari, demakdir. Mehnat potensiali jismoniy imkoniyat, ma’lumot, kasb-hunar, malakaga ega, ishlab chiqarishda ishtirok etishga la-yoqatli bo‘lgan barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi. Mehnat potensiali eng faol, eng bunyodkor omil bo‘lib, u mamlakatning islohot va tub o‘zgarishlar yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlaydi. Jamiyatning iqtiso-diy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil, o‘z navbatida, uni rivojlantirishda hal qiluvchi asos hisoblanadi.





Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling