9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


Download 429.65 Kb.
bet6/11
Sana13.05.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1455990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Mehnat potensiali

birinchidan, mehnat potensiali jamiyat qilayotgan jonli mehnatning miqdoriy va sifatiy aniq resurslaridir. Shuningdek, u o‘zida sifat jihat-larining barchasini gavdalantiradigan ishchi kuchi majmui hamdir;


ikkinchidan, mazkur iqtisodiy kategoriya yakka ishchi hamda ishchilar jamo-asining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasini baholash imkoni-yatini beradi, bu esa amaliyotda inson omilining faolligini oshiradi;


uchinchidan, uni tahlil kilish ishlab chiqarishning inson va ashyoviy omil-lar o‘rtasida sifatiy hamda tarkibiy muvofiqlik bo‘lishiga yordam beradi.

Mazkur fikr-mulohazalarni rivojlantirgan holda ta’kidlash lozimki, «mehnat potensiali» tushunchasi o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy mazmun-mohi-yatiga ko‘ra, «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalariga nisbatan kengroq ma’no kasb etadi. Mamlakat mehnat potensialini ta’riflashda, unga faqat ish jarayonini amalga oshiruvchi kuch va imkoniyatlarning namoyon bo‘lishi, deb qaramaslik kerak. Chunki mehnat potensiali iqtisodiyotda band bo‘lgan va xizmat jarayonlarida faol ishtirok etayotgan ishchi kuchi bilan bir-ga aholining mehnatda band bo‘lmagan nofaol (zahira) qismini ham o‘z ichiga oladi.


«Ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas, resurslarning ishchi kuchiga aylanish jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Dastlabki bosqichda resurslar ishchi kuchining salohiyatli qismi bo‘lib, ular mehnat vositalari va qurollari bilan ishlash tajriba-sini orttiradi. Ikkinchi bosqichda esa ular ish joylarga taqsimlanadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy qobiliyatlarning faoliyat jarayonida sarflanishi ro‘y beradi.


Mehnat resurslari bu davrda ishchi kuchiga aylanadi. Uchinchi bosqichda ishchi kuchi vaqt va quvvat sarflab, moddiy ne’mat yaratadi hamda mahsulot iste’mol qiymatiga ega bo‘ladi.


Ishchi kuchi mehnat faoliyatini to‘xtatishi bilan yana iqtisodiy nofaol aholi tusini oladi, lekin resurs tarkibida qoladi. Shu sababli mehnat re-sursi mehnat potensialidan o‘z xizmati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko‘ra farqlanadi.


Potensialni ilmiy-iqtisodiy jihatdan tadqiq etish uning resurs tar-zidagi mazmun-mohiyatini ham sifat, ham miqdor jihatdan ochib beradi. Mehnat potensialini ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida shakllani-shi, uning tadqiq etilishi va o‘rganilishi bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib borishi natijasida «ishchi kuchi», «mehnat resurslari», «mehnat potensiali» kabi iqtisodiy tu-shuncha va kategoriyalarning ham ma’no-mazmuni birmuncha o‘zgarib bormoqda. Bulardan nafaqat ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda, balki kundalik amaliyotda ham keng foydalanila boshlandi.


O‘zbekistonda bozor munosabatlarini samarali tatbiq etish, aholini ish bilan ta’minlash va bu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, mavjud mehnat potensialidan unumli foydalanishga bog‘liq. Mehnat potensiali esa bugungi innovatsion iqisodiyotni zamonaviylashti-rish jarayonlarida muhim salmoqqa ega bo‘lib, uning ahamiyatini mikro, mezo va makrodarajalarda ko‘rish mumkin.


Mehnat potensialining mikrodarajadagi ahamiyati ularning korxo-na, tashkilot va muassasalar faoliyatidagi o‘rni hamda ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan belgilanadi. Ma’lumki, mehnat potensiali ishlab chiqa-rishning asosiy omili bo‘lib, boshqa resurslarga nisbatan o‘ziga xos xusu-siyatlarga ega. Chunki ishlab chiqarishni yuzaga keltiruvchi resurslar (yer, ka-pital mablag‘, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo) bevosita mehnat omili orqali boshqariladi.


Shu bois, qaysi korxonada inson omiliga ustuvor ahamiyat berilib, undan unumli foydalanilsagina, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Yaponiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Rossiya kabi davlatlarning dunyoga mashhur yetakchi kompaniya va firmalari ham aynan personal xizmati hamda mehnati orqali yuqori daromad va mavqega erishgan.


Hududlar va mintaqalar iqtisodiyotida mehnat potensialining roli uning mezodarajadagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Mamlakatning qaysi xududida mehnat potensiali yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, u yerda ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma, kommunikatsiya ri-vojlanadi. Shuningdek, mazkur mintaqalarda yaratilgan yalpi xududiy mahsu-lot (YaXM) hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotida (YaIM) yuqori ulushga ega


bo‘ladi. Bundan tashqari, urbanizatsiya darajasi ham aynan mehnat potensiali omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki aynan aholi va ishchi kuchining hu-dudiy harakatlanishi urbanizatsiyani keltirib chiqaradi. Demak, bu ko‘rsat-kichlar hududning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnini ham belgilab beradi.

Mehnat potensialining makroahamiyati uning mamlakat yalpi iqtisodi-yotidagi o‘rni va asosiy boylik sifatida e’tirof etilishi bilan asoslanadi. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning asosini mehnat tashkil etadi. Aynan u orqaligina mamlakatda moddiy va nomoddiy ne’mat-lar, milliy, madaniy, ma’naviy boyliklar yaratiladi. Mazkur mehnatning sub’ekti esa bevosita inson, ya’ni mehnat potensialidir. Shu bois milliy iqtisodiyot fanida milliy boylikka quyidagicha ta’rif berilgan: milliy boylik – jamiyat ixtiyoridagi mehnat bilan yaratilgan va jamg‘arilgan mod-diy ne’matlar mujassamidir.


Milliy boylik tarkibiga boshqa resurslar bilan birga mehnat poten-siali, ishlovchi aholining zamon talabiga javob beradigan ishlab chiqarish tajribasi, ilmiy-texnika hamda tadbirkorlik bo‘yicha innovatsion bilim va ko‘nikmalari ham kiradi. Demak, mehnat potensialiga nafaqat ishlab chiqa-rish omili sifatida, balki, birinchi navbatda, mamlakat qudrati (milliy boyligi) sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.


Mamlakatning iqtisodiy qudrati va salohiyatini belgilashda mehnat potensialining ahamiyati tabiiy, moddiy va ishlab chiqarish resurslariga nisbatan yuqoriroqdir. Chunki tabiiy va moddiy resurslardan foydalanish, safarbar etish va boshqarishni aynan u amalga oshiradi. Demak, mamlakat mehnat potensialining o‘zi milliy boylik sanalishi bilan birga, ushbu boy-likning boshqaruvchisi va foydalanuvchisi hamdir.


Agar biror davlatda tabiiy resurslar yetarli bo‘lsa-yu, biroq ularni boshqaradigan zamonaviy bilimlar bilan qurollangan mehnat potensia-li bo‘lmasa, ya’ni mehnat resurslari potensial darajaga yetmagan yoki ular-ning kasbiy mahoratlari, tajribalari va sifat ko‘rsatkichlari past bo‘lsa,





  • holda iqtisodiy o‘sish kuzatilmaydi. Aksincha, tabiiy resurslari yetarli bo‘lmagan, biroq «raqamli iqtisodiyot»ga tayangan yuqori salohiyatli mehnat potensialiga ega davlat undan unumli foydalanish, samarali safarbar etish orqali o‘z hududida iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashi mumkin. Jumladan, tabiiy boylik zahiralari juda kam bo‘lgan yoki ularga deyarli ega bo‘lmagan Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Shveysariya, Finlyandiya, Shvesiya, Da-niya, Koreya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlar bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari sirasiga kiradi. Mazkur davlatlar o‘zlarida mavjud mehnat potensialidan samarali foydalanish va safarbar etish hi-sobiga hamda bu borada to‘g‘ri olib borilgan kuchli siyosat natijasida yuqori taraqqiyotga erishgan.

Demak, mehnat potensialining barcha darajadagi ahamiyati uni tadqiq etishning ham ilmiy, ham iqtisodiy dolzarbligini belgilab beradi.

2. Mehnat potensialini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi


Agar «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari o‘zida faqatgina miqdoriy xususiyatlarni mujassam etsa, bulardan farqli ravishda, mehnat potensiali ham miqdor, ham sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.


Ayrim iqtisodchilar potensialning miqdor ko‘rsatkichlari bevosita re-surslar miqdoriga teng deb qarab, unga mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi, ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni kiritadilar.


Potensialning miqdor ko‘rsatkichlari faqat resurslarning faol qismi bilangina cheklanib qolmaydi. Mazkur miqdorga quyidagi toifa aholi qat-lamini ham kiritish mumkin:


– mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi;


– ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari;


– mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar;


– ishlash xohishini bildirgan o‘smirlar va yoshga doir pensionerlar. Ushbu aholi qatlamlariga yetarli miqdordagi ish haqi va qulay mehnat


sharoitlari bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachi-lik, uyda o‘tirgan holda pullik ishlar va xizmatlarni bajarish, maishiy xizmat ko‘rsatish (kichik shahobchalarda) kabi faoliyatlarga jalb qilish yo‘li bilan ularni jamiyatning faol va to‘laqonli a’zosiga aylantirish mumkin. Ularning ushbu faoliyatlari esa mamlakatda yalpi milliy mahsulot yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralardan, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sa-babli yuqorida sanab o‘tilgan aholi toifalarini mehnat potensialining qo‘-shimcha (zaxira) miqdori sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.


Bundan tashqari, potensialning faol miqdoriga mamlakatimiz hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan norezidentlar (immigrantlar)ni ham kiritish mumkin. Immigrantlarni potensial tarkibiga kiritishimizning sababi shundaki, ular ham mamlakat ishlab chiqarishida (moddiy va nomoddiy sohalarda) ishtirok etadi, iqtisodiyot tarmoqlarida o‘z ishchi kuchini namoyon qiladi, aqliy va jismoniy salohiyatini safarbar etadi. Garchi norezident-lar o‘z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy qismini o‘zlari olsalar-da, mamlakat hududida o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘-liq xarajatlarni (oziq-ovqat, dam olish, uy-joy ijarasi, kommunal, trans-port, uy-ro‘zg‘or anjomlari), daromad solig‘i va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshiradilar. Bu esa byudjet tushumlarida va naqd pul aylanmasida o‘zaksini topadi. Biroq O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi kungi holatida mazkur toifa ahlining ishtiroki u qadar sezilarli bo‘lmasa-da, mamlakat-da faoliyat ko‘rsatayotgan chet mamlakat elchixona va vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning hududiy, mintaqaviy bo‘limlari, qo‘shma korxonalar, xo-rij firmalari, dilerlik kompaniyalari, chet el korxonasi (tashkiloti) fi-lial va shu’balari hamda hamkorlik tashkilotlarida norezidentlar mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar. Demak, bugungi kunda mamlakatda immigrantlar xizmati, asosan, xorijiy ulush yoki tegishlilikka ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda kuzatilmokda. Shuningdek, ularning mustaqil tarzda mamlakat mehnat bozorida paydo bo‘lishi va o‘z ishchi kuchini namoyon etishi kam uchraydigan hodisadir.


Iqtisodiyoti jadal rivojlangan, sanoat va ishlab chiqarish keng taraqqiy etgan, iqtisodiy o‘sish sur’ati talabiga nisbatan kam mehnat potensialiga ega bo‘lgan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Rossiya, Germaniya, Avstriya, Fran-siya, Koreya) immigrantlar alohida ahamiyatga ega. Mazkur davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan salmoqli darajada foydalanish uchun milliy ishchi kuchining o‘zi yetarli bo‘lmaydi, natijada, qo‘shimcha ishchi kuchiga talab paydo bo‘ladi. Bu talab esa o‘z-o‘zidan muhojirlar mehnati orqali qondiri-ladi. Demak, bir so‘z bilan aytganda, mehnat potensialida immigrantlar ham o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.


Mehnat potensiali miqdor ko‘rsatkichlarining shakllanishini rasm ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin (6.3-rasm);





Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling