9-mavzu. Mirtemir va zulfiya hayoti va ijodiy merosi
Download 140 Kb.
|
9-MA\'RUZA
Borliqqa tarqalsin tanburim tovushi,
Bir bolqish yaratsin yosh yuraklarda. Shavqu zavq ko‘zg‘atsin sho‘x-sho‘x kuylashi Hattoki tebranmas tosh yuraklarda. 20-yillar o‘rtalarida Mirtemir rus adabiyotining yosh vakillari va Fotih Amirxon, Mahmud Maqsud kabi tatar shoirlarining ijodida sochma shakldagi she’r turi bilan tanishadi. Ayniqsa, Mahmud Maqsudning “Qizil chechaklar” degan sochmalardan iborat kitobi unga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, Mirtemir o‘zbek tilida sochma she’rlar yaratishga kirishadi va uning asosiy xususiyatlarini quyidagicha tushuntiradi: “Sochma – she’rning to‘g‘onbuzar turi. Ko‘klam toshqinlari-da! His va tuyg‘ular shu qadar po‘rtanalikki, oddiy vazn chorcho‘pi (xijo, turog‘u, qofiya) bardosh berolmay qoladi. Qalb tug‘yoni jilov tutqizmas payt, asov payt. Lekin sochmaning, shaksiz, o‘z ichki dunyosi, ohangi, saromadi va avj pardasi bor. Men qo‘lga qalam olgan yillar o‘shanday hayajonli voqealarga boy, ajoyib va o‘xshashi kam yillar edi” (Karimov N. Mirtemir. Ma’rifiy-biografik roman. T., “Meriyus”, 2012, 50-bet). Sochma she’rning qanday bo‘lishini yaqqol tasavvur qilmoq uchun Mirtemirning 1927 yildagi Shohimardon safaridan so‘ng yozgan “Suv yoqalab” nomli asarini ko‘rib o‘tish o‘rinli bo‘ladi: “Suv yoqalab kelib qolganim bu chechaklar uvasi shunchalar go‘zal, do‘stim! Bir yog‘i: bag‘ri archa o‘rmonlari-la to‘la buyuk tog‘lar, bir yog‘ida o‘lim dahshatining so‘ylab turguvchi uchuvimlar, qoyalar. Yashil do‘nglar!.. Baland jardan qarab tursang, chuqurlikda daryo. Yon berimda rayhonlar, yalpizlar, gullar... Asta-sekin kuylab, oshiqib oqqan kumush irmoq shalolacha bo‘lib daryoga quyadi, tabassumkor quyosh – yaproqlar, to‘lqinlarni quchib suyadi... Do‘nglarda, sayhonlarda ko‘klam gullar ochmish-da, qushlar mast-alast o‘qiydilar. Yaltiroq xarsanglar qalin yashilliklar, sunbullar, yaproqlar quchog‘ida g‘arq. Oh, shu toshlarga yonboshlab tabiatning bu gunohsiz, qanotli shoirlarining yurak navolariga quloq solsang, bu yoz chog‘larida... Cheksiz bir zavq qonlarga qo‘shilib o‘ynar kabi... Bu... Bu naqadar soflik, yorug‘lik!.. Na yarashiqli yashillik bu? Naqadar yuksalgan go‘zallik bu, hey tabiat! Botib borayotgan quyoshning oltin shu’lasi raqsga tushadi. Tog‘ qushlari qaygadir uyur-uyur uchadi. Kechki salqin havo tanni butun o‘rab quchadi. Hamon ko‘z ola olmayman bu go‘zalliklardan”. Adabiyotshunos M.Safarov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “She’rning sochma ruhi, erkinligi shoir uchun hislarini jilovlamasdan, tiymasdan, ovozini bor bo‘yicha qo‘yib so‘zlashga imkon beradi, albatta. Shu boisdan, ijodining ilk davrlarida maydonlar ruhidagi minbarbop bunday she’rlarning anchasini yozdi, to‘plamlar ham chiqardi. Ammo she’r faqat nido, hayqiriqlardan iborat, insonning boshidan o‘tgan voqea-hodisalar, qalbdan kechirgan his-tuyg‘ulardan, ya’ni samimiyatdan yiroq bo‘lsa, kitobxonlar ham bunday xabarnomalarga loqayd qaraydigan bo‘ladi...” Asta-sekin u : “She’r – voqeaband bo‘lishi lozim. Yoxud turli voqea-hodisalar munosabati bilan inson ko‘nglida kechgan betakror kechinmalarni o‘zida ifodalashi zarur. She’r – timsollar vositasida fikrlash demakdir”, degan xulosaga keladi (Safarov M. Yalangto‘sh qalam dehqoni. “O‘zAS”, 2010 yil 27 avgust). Shundan so‘ng shoirning qalami yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida bir nafas ham yozishdan to‘xtamadi. Mirtemir oz muddat oliy maktablarda dars beradi, muharririyatlarda xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlaydi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami “Shu’lalar qo‘ynida” nomi bilan 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan go‘zalligi, mehnat gashti, yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etilgan edi. Bu to‘plam o‘z davrida she’riyatimizda quvonchli voqea bo‘lgan edi. “Qo‘limizdagi to‘plam, – degan edi Sotti Husayn mazkur kitobga yozgan so‘zboshisida, – o‘zbek adabiyotiga yangi ko‘zg‘olon, yangi umidlar bag‘ishlaydi. “Shu’lalar qo‘ynida”gi sochmalardan haqiqatan kurash, isyon, zafar taronalarini tinglab olarsiz…” Mirtemirning “Zafar” (1929), “Qaynashlarim” (1932),“Bong” (1932), “Ochlar o‘lkasida” (1936), “Poytaxt” (1936), “O‘ch” (1943), “Tanlangan she’rlar” (1947), “Tanlangan asarlar” (1958), “She’rlar” (1961–64), “Yangi she’rlar” (1967), “Qush tili” (1970), “Tingla hayot” (1974), “Kipriklarim” (1976), “Izlayman” (1976), “Yodgorlik” (1978) kabi to‘plamlari adibning sermahsul ijodkor ekanidan dalolat beradi. Mirtemir ijodining dastlabki davridanoq izlanuvchan shoir sifatida tanildi. Shoir davrimiz kishilarining mehnati keng ko‘lamli ekanini, uni ifodalash uchun esa yangi-yangi poyetik shakllar zarurligini yaxshi tushundi. Shuning uchun ham u ko‘proq sochma she’rlarga murojaat qildi. Ularda shoir qalbini to‘ldirgan,tinchlik bermagan hislarni ifodalashga urindi: Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling