9-mavzu: shovqin va titrashdan himoyalanish Reja: Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. Shovqinga qarshi kurash usullari
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish. Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish usuli eng radikal usullardan hisoblanib, u shovqinni keskin kamaytirish imkonnini beradi. Bu shovqinli mashinaning konstruksiyasini yoki texnologik jarayonni uzgartirish yoki amalga oshiriladi. Masalan, mashina va uskunalardagi zarbalixarakatlarni zarbasiz xarakatlarga almashtirish, agregatlarning kichik tezlanishi kinematik sxemelarini yaratish va x.k. Manbadagi shovqini pasaytirishda eng kulay usullardan biri detallarning titrashini kamaytirishdir. Buning uchun, metaldan detallarni ichki ishkalanish koeffitsiyenti katta bo’lgan materiallar (rezina, bitum, bo’tumlashtirilgan kigiz, karton) bilan koplanadi. Plastmassadan yasalgan shersternyalarni qo’llash va shesternyalar yuzasini rezina bilan koplash shovqinni sezilarli darajada pasaytiradi. Pnevmatik yigiruv mashinalarida xalkali yigiruv mashinalariga nisbatan shovqin 10-20 dB kamdir. Keyingi yillarda kupgina fabrikalarda shovqinni kamaytirish maksadida T-150 kushib urash mashinasining ekssentrik mexanizmi arikchali barabancha bilan almashtiriladi. Bunda asosiy shovqin manbai bo’lgan ip yunaltirgich, ekssentrik va uning vali kerak bo’lmay koldi va ular olib tashlanadi. To’qimachilik sanoatida shovqin, asosan mexaniq va avtomatik tukuv dastgoxlaridan chiqadi. Dastgox mexanizmlarining zarbali ish prinsipi ayniksa tepki mexanizmi xarakat uzatuvchi shesternyalar, batanning va mokining urilish paytlarida shovqin oshib ketadi. AT-120-5 avtomatik dastgoxning ish paytidagi shovqin darajasi 98 dB bulsa, moksiz ishlaganda esa 83 dB ga, batan va pogonyalkasiz ishlaganda 79 dB, tepki mexanizmisiz ishlaganda 79 dB, tepki mexanizmisiz ishlaganda esa 65 dB gacha kamaygan. Avtomatik tukuv dastgoxlari ishining zarbali prinsipining uzgarishi, mokisiz dastgoxlarga almashtirish shovqin darajasini sezilarni kamaytirish imkonini beribgina kolmay, shu bilan birga uning ish unumdorligini oshirishga imkon beradi. Fakatgina mexaniq tukuv dastgoxlaridan to’g’ri tishli xarakatlantiruvchi shesternyarni kiyshik tishlilarga almashtirishning uzgina shovqin darajasini 60-75 % ga kamaytiradi. Shesternyalarni sifatli va aniq qilib tayyorlash 3-4 dB, xarakat uzatuvchi qismlarning sifatli moylanishi esa shovqin darajasini 2-3- dB ga kamaytiradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling