9-mavzu: shovqin va titrashdan himoyalanish Reja: Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. Shovqinga qarshi kurash usullari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana30.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1308900
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11



9-mavzu: shovqin va titrashdan himoyalanish 
Reja: 
1. Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. 
2. Shovqinga qarshi kurash usullari. 
3. Shaxsiy himoya vositalari. 
4. Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish.
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda kushilib eshitilish shovqin deb 
ataladi. Tovush fizik xolat sifatida havoda, suvda va boshka tarang muxitdan kelib chiqadigan 
to’lqinsimon xarakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida xosil 
bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan kabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada ogrik turgizadi va 
quloq shangib asab sistemasiga xam yomon ta’sir kiladi. Ayniksa fikrni tuplab, akliy ish bilan 
shugullanishiga imkon bermaydi, bo’tun dikkat-e’tiborni berib ishlash lozim bulsa, ish kobiliyatini (10-
60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada 
ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniksa kattik va kuchli tovushlar, 
shunigdek tuxtovsiz ravishda bir xilda chikib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir kiladi.
Shovqin ta’srida turli a’zorlar va sistemalarning, masalan xazm qilish (oshkozon shirasi 
sekretsiyasining uzgarishi), kon aylanishi (kon bosimning ko’tarilishi) va shunga uxshashlarning normal 
faoliyati buziladi. 
Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi:
1. Sanoat shovqin. 
2. Transport shovqini. 
3. Maishiy shovqinlar.
Shu bilan birga gaz va suyukliklarning xarakati natijasida xam shovqin chiqishi mumkin. Bunday 
shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi.
To’qimachilik sanoati korxonalari xam bundan mustasno emasdir. Shovqin darajasi yukori 
bo’lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga 
ayrim ish joylarining surunkali titrashni natijasida “vibratsion kasalik” xam uchrab turadi.
Shovqin, titrash va ultra-infratovush kattik jism, gaz hamda suyuklik moddiy qismlarning mexaniq 
tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya talablaridan ortik bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, 
titrashlari va ultra-infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli ta’sir 
qilib, keyinchalik ogir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalakit beradigan xar kanday tovush shovqin 
deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning axvoliga yomon ta’sir kiladi, 
tez charchatadi, asab va yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Pilla pishitish fabrikalarida baland shovqin texnologik uskunalar sistemasidagi barabanli MSH-3, 
M-170 SHL, M-210-SHL, TKM-8, TK-2, TK-136-SHL, KE2-145-SHL, KE-175-SHL, DM-3, MG-2 
kalibrlash mashinalari, dvigatellari va konditsioner ishlayotganida yuzaga keladi. Xavfsizlikning 
umumiy talablari, “GOST 12.1.003-88 MXSM”. Shovqindan himoyalash vositalari va usullariga barcha 
shovqinlar mexaniq aerodinamik elektromagnit, gidrodinamik, havo va tuzilishdagi shovqinlarga 
ajratiladi.
Eshitish infratovush bilan ogrikning boshlanishi urtasidagi oralik bulib, u taxminan 140 dB ni 
tashkil etadi ( rasm). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling