9-mavzu: sotish (distributsiya)siyosati (Ma’ruza
Download 177.29 Kb.
|
9.Sotish siyosati(distributsiya
Diler – shartnoma asosida tovarni sotib oladi va to’liq to’lovni amalga oshirgandan so’ng tovarni egasiga aylanadi. Shartnoma shartiga ko’ra barcha vazifalar bajarilgandan so’ng diler va ishlab chiqaruvchi firma o’rtasida munosabatlar to’xtatiladi.
Distribyutor – ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum joyda mahsulotlarni sotish bo’yicha huquqqa ega bo’ladi. Distribyutor mulk egasi bo’lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o’z nomidan faoliyat olib boradi. Komissoner – sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin mahsulot sotish bo’yicha o’z nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni butligini, zarar yetmasligini komissioner o’z bo’yniga oladi. Komitent – ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir qancha ayriboshlash operatsiyasini amalga oshiradigan jismoniy shaxs. Bu ishlarni o’z moliyaviy mablag’lari hisobiga bajaradi. Agentlar – vosutachilar bo’lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O’z nomlaridan bitim haqida shartnoma tuzib ishlab chiqaruvchi shartnoma hisobiga mahsulotlarni olib so’ng sotadi. Agent bitimda ko’rsatilgan sotuv summasini foizi miqdorida rag’batlantiradi. Brokerlar – vositachilar bo’lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka (tovarga)egalik qilish huquqiga ega emas va uni o’z xohishiga ko’ra tovarni taqsimlashi, lekin sotish mumkin emas. Brokerning foydasi faqat vositachilik bo’lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish va sotib olish bitimi shartlariga ko’ra, broker hech bir tomon bilan shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning daromadi sotilgan tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab belgilanadi. Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi, yuklarni tarasiz tashish tarmoqlarida yetkazib beradi. (yog’och materiallar, og’ir yuklar va b.). Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi – sotdida ishtirok etadilar va o’z xizmatlari uchun komission haq bilan rag’batlantiriladilar. Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi-broker orqali sotuvchi va xaridor (sug’urtachi bilan sug’urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o’rtasida aloqa o’rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo’nalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish ko’rishdan qat’i nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon shartnomadagi tomonlardan biri bo’la olmaydi, faqat tomonlarni o’zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi. Download 177.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling