9-mavzu: sotish (distributsiya)siyosati (Ma’ruza


Tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayoni


Download 177.29 Kb.
bet9/18
Sana21.04.2023
Hajmi177.29 Kb.
#1372545
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
9.Sotish siyosati(distributsiya

Tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayoni – bu ma’lum bir bosqichlar ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini istemolchining tanlash va ularni jalb qilish, shartnoma shartlariga ko’ra yetkazib berishning ratsional yo’llarini tanlash, tovarlarni saqlash va taxlash kabi vazifalarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar va xizmatlarni yetkazib berish, bu borada barcha qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq.
Tovarlar harakatlanishi(marketining logistikasi)ni tashkil etish.
Savdo (o’tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo’yicha qarorlar qabul qilishni ko’zda tutadi.
Tovarlar harakatlanishi (marketing logistikasi) – iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishuchun foyda ko’rish maqsadida materiallarni va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilganjoylaridan iste’mol joyiga yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir.
Tovarlar harakatining maqsadi- minimal imkoniyatli xarajat bilan zarur tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni harakatlantirishning asosiy chiqimlaritovarlarni transportlarga yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar – moddiy zahiralarni saqlash, tovarlarniolish, tushirish, qadoqlash, ma’muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan ishlash bo’yicha xarajatlardan yig’iladi.
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek, talabni yaratishning potensial ko’rinish ham. Tovarlar harakati tizimini mukammallashtirish hisobiga qo’shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi xizmat ko’rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin.
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o’zida mijozlar uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash sarfini minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal servis katta tovar moddiy zahiralarini saqlashni, nuqsonsiz transportirovka xizmatiniva ko’plab omborlar bo’lishini ko’zda tutadi, bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi.
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko’pincha o’zi bilan teskari mutanosiblik bo’yicha bog’langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish uchun yuklarni tushirish bo’limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu esa tovarlarniyo’lda ko’plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchilarning noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini tashkil etish bo’yicha qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur. Tovarlarni harakatlantirish tizimini asosiy nuqtasi – iste’molchilar talablarini va raqobatchilar takliflarinio’rganish. Iste’molchilarni quyidagilar qiziqtiradi:
1) tovarni o’z vaqtida yetkazilishi;
2) yetkazib beruvchining mijozning shoshilinch ehtiyojini qondirishga tayyorligi;
3) tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo’lish;
4) yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo’lgan tovarni qaytarib olish va uni zudlik bilan almashtirishga shayligi;
5) yetkazib beruvchining mijoz uchun tovar – moddiy zahiralarni saqlab turishga shayligi.
Firma mijozlar ko’z oldida xizmatlarning bu turlarini solishtirma qiymatini o’rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko’chirish uskunalarini sotib oluvchilar uchun servis ta’mir muddatlarikatta ahamiyatga ega, kredit oluvchi bank mijozlari uchun iloji boricha tezroq javob olishlari muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri quyidagicha reklama shiori ostida ishlaydi: Agar bizning bankimizga murojaatqilsangiz, oradan ikki soat o’tib, bankimiz sizga reklama berishga tayyorligi haqidagi javobni olasiz. Xususiy standartlarni ishlab chiqishda raqobatchilar standartlarini ham, albatta, hisobga olish kerak.
Tovarlar harakati tizimi quyidagi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishni ko’zda tutadi:

Download 177.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling