9-mavzu: sotish (distributsiya)siyosati (Ma’ruza
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari
Download 177.29 Kb.
|
9.Sotish siyosati(distributsiya
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari
Sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug’ullanganda importyor mamlakat hududida savdo shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda o’zmoddiy-texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega bo’ladi.Yana bir afzallik shundan iboratki, eksport qilinganda vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar harakati, tovarni sotish bilan bog’liq mahsulotni yetkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga ajratish, bozorga moslashish va boshqalardan ozod qiladi. Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit asosida bitimlarni moliyalashda vositachi kapitalidan foydalaniladi. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sug’urta kompaniyalari bilan aloqasi barqaror. Al-Jazoir: Keng tarqalgan biznes portfoliosi. Veb Mukofotlari tomonida BBC Yangiliklari, Milliy Geografik,va Smoking Gun (tutun chiqarayotgan to’pponcha) bilan bir qatorda eng zo’r beshta yangilik vebsaytlaridan biri deb topilgan Al-Jazoir brandchannel.com o’quvchilari tomonidanApple, Google, Ikea va Starbuckdan keyingi beshinchi eng nufuzli global brend sifatida saylangan edi. 2011 yilda Salon.com Al-Jazoirning 2011 yildagi Misr nizolarini matbuotda tushuntirishi Amerikaning media yangiliklarinikidan ko’ra yuqoriroqligini eslatib o’tadi va AQSH Davlat Sekretari Hillari Klinton ham bu tarmoqning yangilik matbuoti Amerika jurnalizmiga qaraganda ko’proq ma’lumotlargava kamroq shaxsiy fikrga asoslanganligini ta’kidlab o’tgan. Al-Jazoir 1996 yilda dunyodagi keng qamrovli televideniya yangiliklari bilan ta’minlashgava Arab dunyosida sodir bo’layotgan munozaralarga bag’ishlangan birinchi mustaqil Arab kanali sifatida ish boshladi. Hozirda Al-Jazoir Tarmog’i eng katta hisoblangan Al-Jazoir Arab Kanali va shu bilan birga boshqa bir niche qo’shimcha kanallar: Ingliz Al-Jazoir, Al-Jazoir sport, Al-Jazoir xujjatli film, Al-Jazoir Bolalari, Al-Jazoir Ommaviy Axborot Ta’lim va Taraqqiyot Markazi va Al-Jazoir Tadqiqot Markazi kabilar. Quyida Al-Jazoir brendi ostida birlashtirilgan xilma-xil biznes yo’nalishlarining qisqacha ta’ifi: Televideniya:dastlab Arab yangiliklari va joriy jarayonlarini ochib beruvchi sun’iy yo’ldosh TV kanali sifatida ish boshlagan. Al-Jazoir shundan keyin o’z tarmog’ini kengaytirdi. 2007 yilning boshida Al-Jazoir tarmog’i TV kanallari quyidagilarni o’z ichiga oldi: Arab tilida olib boriladigan 24 soatlik yangiliklar kanali, Al-Jazoir Ingliz, Al-Jazoir Bolalari va O’rta Sharqda Ispaniya Ligasi, Fransiya 1-Ligasi va Italiya Aseriyasi kabi eng katta futbol Ligalari to’grisida radioeshittirishlar yoki ko’rsatuvlar tayyorlash huqulariga ega Al-Jazoir Sport kanali. Al-Jazoir har yili 50$, +1 dan +8 gacha Al-Jazoir TV Sport kanallarini tomosha qilganligi uchun oyiga 10$, va +9 , +10 HD1 va HD2 formatidagi Al-Jazoir TV Sport kanallarini tomosha qilganligi uchun yiliga 35$ haq oladi. beIN Sport (Sportda bo’l) bu 2012 yilning yozida ochilgan Qo’shma Shtatlar sportiga bag’ishlanagan 24 soatlik sport tarmog’i kanalidir va u Fransiya va Ispaniyadagi futbol ligalari haqida ko’rsatuv, eshittirishlar tayyorlash huquqini sotib oldi. beIN Sport shuningdek 2013 yilgi Jahon Kubogi uchun Kosta-Rika, Gonduras, Yamayka va Panamada o’tkazilgan 4 ta nomzodlik o’yinlari to’g’risida eshittirishlar tayyorlash huquqiga ega. 2012 yil noyabr oyida Al-Jazoirning beIN Sport kanali 1million tomoshbinlarini ro’yxatdan o’tkazdi. Onlayn: Al-Jazoir Veb xizmatlari dunyo bo’ylab bepul a’zo bo’lish mumkin bo’lgan ommabob xizmatlardir. 2003 yil martda Stansiya onlayn tarmog’ining ingliz tilidagi variantini ochdi.Inliz tilidagi bu vebsayt 2006 yilda Al-Jazoir Ingliz kanalining ochilishi bilan qayta yangilandi. Tarmoqning Ingliz va Arab tilidagi bo’limlari o’zlarining qo’yayotgan yangiliklari va sharhlari bilan tahririy jihatdan bir biridan farq qiladi. Al-Jazoir va Al-Jazoir Ingliz YouTube.dagi singari rasmiy saytda bir yo’nalishga solingan. 2009 yil aprelda Al-Jazoir mobil aloqa operatorlariga mo’ljallanga Ingliz va Arab tilidagi versiyalarini yaratdi. Bir fasl ichida Al-Jazoirning onlayn tomoshbinlari oyiga 1000 foizga o’sib bordi.Uning keying o’sish fazasi ijtimoiy ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshadi.Al-Jazoir o’z foydalanuvchilari bilan ularning xohish istaklarni tushunib olish uchun ko’proq ijtimoiy bog’lanishni rejalashtirmoqda. Al-Jazoir shuningdek haq to’lanadigan rasmiy sport xizmati Al-Jazoir sport vebsaytini boshqaradi. Xizmat foydalanuvchilariga Al-Jazoir Sport TV kanallarini o’zlarining shaxsiy komputerlarida, moil telefonlarida tomosha qilish imkoniyatini beradi va ularni eng yuqori sifatli so’nggi video texnologik xizmatlar bilan ta’minlaydi. Download 177.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling