9-mavzu: sotish (distributsiya)siyosati (Ma’ruza


Download 177.29 Kb.
bet7/18
Sana21.04.2023
Hajmi177.29 Kb.
#1372545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
9.Sotish siyosati(distributsiya

Chakana savdoni maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana do’konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir. Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zlarining turli tumanligi va ulardagi narxlarni ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi.
Chakana savdo aholiga to’g’ridan – to’g’ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatini o’z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko’rsatkichlari to’g’risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo’shimcha ishlash, narxlarni o’rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi.
Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko’rsatishlari bilan turlanadi:
1.Xususiy hissadorlar
2.Ijara mulklarga asoslangan chakana savdo
3. Qo’shma mulklarga asoslangan chakana savdo
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:

  1. Do’konning jihozlari

  2. Mijozga xizmat ko’rsatish darajasi

  3. Tovar assortimenti

  4. Savdoda xizmat ko’rsatish xarakteriga ko’ra farqlanadi.

Chakana savdo vositachilarini quyidagi belgilariga ko’ra tasniflash mumkin:
1.Do’konga taalluqliligi bo’yicha:

  1. mustaqil chakana savdo qiluvchi do’konlar, odatda, bir odamning mulki hisoblanadi. Bu qoidaga ko’ra, savdo masalalalarini egasining o’zi hal qiladi, xizmat ko’rsatish darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadigan uncha katta bo’lmagan do’konlar.

  2. Korporativ tarmoq o’z ichiga ko’p sonlido’konlarni oladi. Mulkdor bo’lib bitta firma hisoblanadi. Chakana savdo tashkilotining bu turini afzalligi - yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo’yicha chegirma olish, tashkil etishni yuqori darajasi, sotishni rag’batlantirish va bashorat qilish imkoniyati, tovar zahiralari va narxlarni boshqarishdan iborat.

2.Xizmat ko’rsatish darajasi bo’yicha:

  1. Xizmat ko’rsatish cheklangan do’konlar- avvaldan tanlangan tovarlar bilan savdo qiladi.

b)To’liq xizmat ko’rsatish yuqori do’konlar-obro’li do’konlarga nufuzli tovarlarni sotish uchun taklif qilinadi va xaridorga qidirish, taqqoslash, har qanday masalada yordam, tanlashda maslahatlar beradi.
3.Savdo xizmati ko’rsatish xarakteriga ko’ra:
a)do’konda sotish
b)tovarni pochta yoki telefon orqali buyurtma bilan sotish
c)elektron savdo
d)tarqatib sotish
e)savdo avtomatlari orqali savdo.
4.Tovar assortimenti bo’yicha:
a) ixtisoslashgan do’konlar
b)universal do’konlar
c) kundalik ehtiyoj mollari do’konlari
d) keng tarmoqli universal do’konlar.
5.Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi do’konlar bo’lib, ularni iste’molchilarning o’zlari boshqaradi va egalik qiladi (ko’proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko’pincha iste’molchilarning o’zlari do’konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini sezilarli pasaytirish imkonini beradi.
6.Savdo kooperativlari­– mustaqil do’konlar tarmoqlari bo’lib, odatda, tovarlarni bitta ta’minotchining o’zidan xarid qiladi. Ularning afzalligi-xaridorlarning ko’z oldida, ularni ancha past narxlarbilan jalb etuvchi (yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun chegirmalar hisobidan) yirik savdo tarmog’ini yaratishi.
7.O’z-o’ziga xizmat qilish do’konlari – kundalik ehtiyoj tovarlarini realizatsiya qiladi.
Chakana savdo taqsimlashningbarchabo’g’inidao’nta xaridordan yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan assortimentlarini ko’rish, tovarning xarid qiymatinibaholash va bevositaasosiydo’konning o’zidataq-qoslash, kerak bo’lsa, maslahat so’rab, sotuvchiga murojaatqilishi savdoni amalga oshirishningisbotiga aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda bo’ladi, turli tovar va markalargaularning ta’sirini ko’radi va yangi kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib, tovarning tez sotilishini boshqara di. Chakana savdo bilan shug’ullanuvchilar tovarlarni va xizmatlarni bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish bo’yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar. Chakana savdo do’konlarida xaridor muomalasini boshqarish merchendayzing deyiladi.
Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo bilan shug’ullanuvchi do’konlar orqali, kam qismi to’g’ridan – to’g’ri marketing, shaxsiy savdo va savdo avtomatlari yordamida sotishni o’z ichiga oluvchi do’kondan tashqari chakana savdo yo’li bilan faoliyat yuritadi. Chakana savdo qiluvchi tovarni ulgurji savdodan yoki ishlab chiqaruvchidan sotib oladi.



Download 177.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling