9-Tajriba mashg’ulot Mavzu: Frezalar turlari va geometriyasini o’rganish
Download 272.04 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Tajriba mashg’ulot
9-Tajriba mashg’ulot Mavzu: Frezalar turlari va geometriyasini o’rganish Frezalarni quyidagi asosiy belgilari bilan klassifakatsiyalash mumkin. 1) Kesuvchi tishlarning konsturuksiyasi va charxlash usullari – oxirigacha charxlangani o‘tkir tishli frezalar, orqa yuzasi charxlanadigan va tishlari chertilgan, oldingi qirrasi charxlanadigan frezalar; 2) Shakli va kesuvchi qirralari asbob o‘qiga nisbatan aylanuvchi asboblar- silndirikfrezalar, deskasimon, terisli, barmoqli, burchakli, shakldan (4.1-rasm). 3) Freza o‘qiga tishlri yo’naltirilgan – to‘g‘ri tishli frezalar, vintsimon, tishlari qiyalashgan; 4) Stanokda mahkamlash usullari – opravka uchun teshigi bor o‘rnatma, silindrik yoki konusli barmoqli frezalar. 1-rasm. Freza turlari. a-silindirik; b- diskasimon; v-toretsli; g-barmoqli; d- burchakli; e-shakldor Yuqorida aytib o‘tilgandek, frezalarning tishlari konsturuksiyasi bo’yicha ikki guruhga bo‘linadi: O‘tkir tishli yoki kertilgan (4.2-rasm). 2-rasm. Frezaning tishlari shakli: a-trapitsiyasimon; b-parabolasimon; v-kuchaytirilgan; kertilgan tishli Frezalash jarayoni o‘zgaruvchan yupqa qirindi olish bilan ta’riflanadi. Shuningdek, silindirik frezalarda qirindi qalinligi noldan boshlanadi. O‘tkir tishli guruhdagi tishlarni, orqa yuzasidan qayta charxlanishi frezalashdagi asosiy tishlar sonini z, oshiradi. U esa frezalarning ishlab chiqarish unumdorligiga to’g‘ri proporsional.Oxirgisi minutli uzatish bilan aniqlanadi , u esa S M =S z zn bu yerda S z -bir tishga bo’lgan uzatish; z-tishlar soni; n- frezaning minutiga aylanishlar soni. Tishlar soni ko‘payishi bilan yuza g‘adir budirligi kamayadi va kesish jarayoning notekisligi kamayadi. Amalda o‘tkir charxlangan uch shakldagi tishlar keng tarqaladi : 1)trapetsiyasimon, 2)parabolik, 3)kuchaytirilgan. Trapetsayasimon shakldagi (Rasm 2 a) tayyorlanishi jihatidan oddiy , lekin tishlari bir muncha nozik, shu sababli balandligi kamroq va qirindi chiqadigan ariqchasi kam hajmli. Orqa yuzadan tishlarini charxlash paytida (f=1...2mm)feska olinishi munosabati bilan uning balandligi kamayadi va tishlari yanada mustahkamlanadi. Tishlari parabolik shakldagi (2-rasm, b) eng katta egilishi mustahkamliligiga esa , chunki tishning orqasi parabola qilib bajarilgan , tish balandligining hamma kesimida teng mustahkamlikni ta’minlaydi. Bu shaklning kamchiligi shundaki, har bir tish balandligida ariqchani frezalash uchun murakkab shakldagi freza kerak bo’ladi. Shu maqsadda shunday frezalarni orqa shaklini soddalashtirish maqsadida parabola, aylana radiusi R=(0,3...0,4)d qilinadi. Tishlari kuchaytirilgan shakldagi (2-rasm, b)tishlri parabolik shakldagisi o‘rniga og‘ir ishlar uchun qo’llaniladi. Bu tishlarning orqasi silliq , shuningdek, qalinligi va balandligi kattalashgan bo‘lib.Tishlar burchakli θ 1 =28...30˚ va θ 2 ikkilamchi frezalash yo’li bilan tayyorlanadi.Lekin operatsiyalar soni ko‘p bo‘lgani bilan bu tio‘larni, parabolik tishlarga nisbatan tayyorlash soddaroq.Ular qayta charxlashga zaxirasi ko‘p va mustahkamligi katta. Kertilgan tishlar (2-rasm, g) qaraganda katta qalinlikka ega, asosiysi orqa yuzaning shakli maxsus operatsya bilan bajariladi va uning nomi ,,kertilish” deb ataladi. Shu maqsadda kesuvchi qirraning hamma nuqtasida orqa burchak yaratiladi. Bundan tashqari bu shakldagi tishlar yuqori mustahkamlikka ega,qayta charxlashda qirindi joylashuvchi ariqchalarni hajmi ortib boradi, frezani yaxshi ishlashiga ta’sir ko’rsatadi.O‘z navbatida “kertilgan” tishlarning qator asosiy kamchiliklari bor: 1) Kertilgan frezalarda tishlar soni, o‘tkir tishli frezalarga nisbatan kam.Bunga sabab “kertilgan” tishlarning qalinligi ko‘proq, qayta charxlashda oldingi yuzadan katta quyim olinishi kerak, chunki orqa yuzada to‘plangan yemirilishni yuqotish uchun; 2) Qayta charxlashda tishlarning radial urishi kuzatiladi bu esa yuza g‘adur – budirligini oshishiga va frezaning turg‘inligini pasaytirishga olib keladi; 3) Tishlari profilli jilvirlanmagan frezda termik ishlov bergandan keyin, orqa yuzaning ayrim qismlarida uglerodsizlantirish qoladi, bu esa frezaning turg‘inligini pasaytiradi; 4) Qoldiq termik kuchlanishlar, frezaning kesuvchi qirrasining profilining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin. Bu kamchiliklar sababli “kertilgan” frezalar ishlab chiqarishi unumdorligi va ishlov berilgan yuza sifati bo‘yicha, o‘tkir tishli frezalarga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Lekin qayta charxlanishing oddiyligi sababli ular shakldor yuzalarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Download 272.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling