9-Tajriba mashg’ulot Mavzu: Frezalar turlari va geometriyasini o’rganish


Vintsimon qattiq qotishmali plastinka bilan jihozlangan


Download 272.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi272.04 Kb.
#1326459
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Tajriba mashg’ulot

Vintsimon qattiq qotishmali plastinka bilan jihozlangan 
frezalar (silindrik quyrug‘i bilan GOST 20536-75 ga asosan 
bajariladi, GOST 20537 (konusli quyruqli) va GOST 20538-75 esa 
(uzaytirilgan konus quyruqli) ular po‘lat zagatovkaga, cho‘yan, 
bronza va qiyin ishlov beriladigan materiallar zagatovkasiga ishlov 
berish uchun mo‘ljallangan. Qattiq qotishma bilan jihozlangan 
koronkali frezalar GOST 20533-75 (silindrik quyruqli), GOST 
20534-75 (konusli quyrug‘i bilan) va GOST 20535-75 esa (rezbali 
quyruqli)ga asosan bajariladi, ular lehirlangan uglerodli po‘latlar, 
cho‘yan va bronzadan tayyorlangan zagatovkalarga ishlov berish 
uchun mo‘ljallangan. 
Qattiq qotishma bilan jihozlangan gumbazli, silindrik va 
konusli frezalar GOST 18934-73 (yaxlit noksimon), GOST 18939-


73 (uzaytirilgan), GOST 18935-73 (yaxlit elipssimon), GOST 
18940-73 (uzaytirilgan) ular shtamplar va shakldor yuzalar 
zagatovkasiga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Kesuvchi qismi 
materiali o‘rnida quyidagi metallokeramik qotishmalar ishlatiladi: 
T5K10 – po‘latlarga qora 
ishlov berish uchun; T15K6 – 
po‘latlarga toza ishlov berish 
uchun; VK8 – cho‘yanga qora 
ishlov berish uchun; VK6M – 
cho‘yanga toza ishlov berish 
uchun. 
Shponkali frezalar. Shponkali frezalar quyidagi turlarda 
ishlab chiqariladi: qattiq qotishma bilan jihozlangan plastinkali va 
yaxlit silindrik quyrug‘i bilan. 
Yaxlit qattiq qotishmali silindrik quyruqli shponkali frezalar 
GOST 16463- 80E ga asosan bajariladi. Ular po‘latlardan, cho‘yan 
va qiyin ishlov beriladigan material zagatovkasida shponka 
ariqchalarini kesish uchun qo‘llaniladi. 
Qattiq qotishma bilan jihozlangan plastinkali shponkali 
frezalar GOST 6396-78 ga asosan bajariladi. Ular yuqori kesish 
tezligida po‘latlarda va cho‘yanlarda radiusli chuqurcha va bo‘ylama 
ariqchalar (pazlar) ochishda 
qo‘llaniladi. Kesuvchi qismining materiali sifatida quyidagi 
metallokeramik qotishmalardan foydalaniladi: VK3, VK6, T5K10, 
T15K6. 

Download 272.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling