A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlarining roli va tizimi


Download 421.04 Kb.
bet18/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlarining roli va tizimi
BMT — tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir. BMT Ustavi San-Fransiskoda o’tkazilgan konferensiyada imzolangan bo‘lib, 1945 yildan kuchga kirgan. BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etishlari shart bo‘lgan yagona xalqaro hujjatdir. BMT Ustavining ahamiyati nafaqat uning tinchlikni ta’minlovchi tashkilotning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatligida, balki barcha davlatlar uchun teng bo‘lgan jamoa himoya tizimining yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilishi va davlatlar tomonidan olib boriladigan harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik sohalaridagi faoliyatlarini belgilovchi o‘ziga xos kodeks ekanligida hamdir. BMT Ustavi doirasida ko‘p tomonlama kelishuv va shartnomalarning ko‘p tarmoqli tizimi vujudga kelgan. BMT tuzilishining asosiy sabab va maqsadlari uning Ustavi «Muqaddima»sida quyidagicha ifodalangan.
BMT Ustavida uning 6 ta asosiy organlari ko‘rsatilgan. Ular quyidagilardir:

  1. Bosh Assambleya;

  1. Xavfsizlik Kengashi;

  2. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS);

  3. Vasiylik bo‘yicha Kengash;

  4. Kotibiyat;

  5. Xalqaro Sud.

Bosh Assambleya — suveren davlatlarning haqiqiy demokratik vakillik organidir. Har bir a’zo davlat hududining hajmi, aholining soni, iqtisodiy va harbiy qudratidan qatyi nazar, bir ovozga ega. Bosh Assambleyaning muhim qarorlari ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinadi.
U Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zolarini saylash, EKOSOSning a’zolarini saylash, BMT yangi a’zolarini qabul qilish, BMT Bosh Kotibini tayinlash, tashkilot a’zolarining huquq va vakolatlarini cheklash, tashkilot a’zoligidan chikarish, budjet va boshqa texnik-ma’muriy masalalar bo‘yicha Bosh Assambleya bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilish kabi muhim ishlarni bajaradi. Xalqaro xavfsizlik va tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar bo‘yicha u tavsiyaviy harakterga ega rezolyutsiya va deklaratsiyalar qabul qiladi.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling