A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Biz respondentlardan ularda xorijga mehnat migratsiyasiga ketgan tanishlari yoki qarindoshlari bormi, deb soʻradik


Download 421.04 Kb.
bet32/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Biz respondentlardan ularda xorijga mehnat migratsiyasiga ketgan tanishlari yoki qarindoshlari bormi, deb soʻradik. Soʻralganlarning 72%i ijobiy javob berdi, 7%i oʻzlari mehnat muhojirlari ekanligini aytib o’tishdi.

Shuningdek, mehnat muhojirlari oilasi aʼzolari bo’lgan respondentlardan - ular kimlar bilan qolishdi deb soʻralganda, quyidagi natijalar olindi:


1. Ota yoki onasi bilan - 38%
2. Ota-ona ikkalasi bilan - 20%
3. Boshqa oila aʼzolari bilan - 17%
4. Bir oʻzim - 8%
5. Bobom/buvim bilan - 6%
Shuningdek, quyidagi javoblar ham boʻldi: akam/ opam, qaynonam/ qaynotam, xolam, amakim, boshqa qarindosh-urugʻlar, xotinim/erim bilan.
Respondentlarning 70%dan ortigʻi, mehnat migratsiyasiga ketganidan soʻng oʻzlariga yoki oila aʼzolariga jamiyat tomonidan munosabat o’zgarganligi haqida ma’lumotga ega emas yoki oʻzgarmagan deb hisoblaydilar. Qolgan taxminan 20 %i bu munosabat ijobiy tarzda va faqat 10%i - salbiy tarzda oʻzgargan deb hisoblashadi.
Shu bilan birga, agar ayollarning 16%i jamiyatda ularga nisbatan munosabat ijobiy tarafga oʻzgardi deb hisoblasa, erkaklar orasida bu koʻrsatkich 21 %ga teng. Ayol respondentlar orasida ularga nisbatan munosabat yomonlashdi deb hisoblaganlar 12%ni tashkil etsa, erkaklar orasida bu 9 %ni tashkil qildi.
Respondentlarning 59%i Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlari bor oila farzandlariga mensimaslik faktlarini uchratmaganliklarini eʼtirof etdilar. Soʻralganlarning 17%i bunday faktlarga duch kelganlari haqida aytib o’tishdi.
Bunday faktlarga duch kelgan 17%iga (taxminan 300 nafar respondentga) migrant farzandlariga mensimaslik holatlari nimadan iborat deb soʻralganda, quyidagi natijalar olindi:
1. Taxqirlashadi - 29%
2. Haqoratlashadi - 25%
3. Imtiyozlarini olib qoʻyishadi -17%
4. Tahdid qilishadi - 8%
5. Yelkalaridan silkitishadi - 7%
6. Ularga baqirishadi - 5%
7. Biron narsa qilishga majburlashadi - 4%
8. Doimo urishadi - 3%
Ushbu javob variantlarini bolalarga mehnat migratsiyasi koʻrsatgan taʼsiriga koʻra salbiy (urushqoq, mayus, oʻqishni yomon oʻzlashtirayapti va hokazo) va ijobiy (mehribonroq, oʻqishda yaxshiroq o’qiyapti va hokazo) taʼsir deb tasniflasak: respondentlarning 48%i mehnat migratsiyasi bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayapti deb hisoblaydilar, respondentlarning 35%i taʼsirning mohiyati haqida maʼlumotga ega emas, 16 %i esa migratsiyaning bolalar xulq-atvoriga ijobiy taʼsir koʻrsatishini e’tirof etdilar.
 So'rov tahlillariga koʻra, odatda, mehnat muhojirlarining oilalariga qarindoshlari (53%) yordam beradi yoki hech kim yordam bermaydi (37%).
Respondentlarning taʼkidlashicha, mehnat muhojirlarining oilalariga asosan zarurat boʻlganda (43%) yoki doimiy ravishda (24%) yordam berilar ekan.
______________________________________________________________________________
Mehnat muhojirlarining oila a’zolariga yoki oʻzlari muhojir boʻlgan respondentlarga oʻz vatanlarida qolgan yoki ketgan qarindoshlari/tanishlari bilan qanchalik tez-tez muloqot qilishlarini so’radik. Natijalar shuni koʻrsatadiki, muhojirlar va ularning yaqinlari/qarindoshlari tez-tez aloqada bo’lib turishar ekan: ularning 42%i har kuni, 30 %i har hafta, 13 %i oyiga bir marta aloqaga chiqib suhbat qilib turishadi. Respondentlarning faqat 15 %i umuman muloqot qilmasliklari yoki yiliga bir marta muloqot qilishlari haqida yatib berishdi.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling