A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022


Download 421.04 Kb.
bet30/63
Sana09.05.2023
Hajmi421.04 Kb.
#1447570
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
Bog'liq
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Birinchidan, o‘zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo‘lgani holda o‘zaro manfaatlarni to‘liq hisobga olish;
Ikkinchidan, O‘zbekiston insonlar va davlatlar orasidagi o‘zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini tan olgan holda xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishni yoqlab chiqmoqda;
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati o‘zaro tinchlik, o‘zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga, mustaqillikni va suverenitetni chegaralovchi hamda davlatlararo munosabatlarni mafko’ralashtirishga qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydigan tamoyillarga asosan quriladi;
To‘rtinchidan, O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiqlik tamoyilini turli xil mafko’raviy qarashlardan xoli ravishda amalga oshirib, barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o‘rnatmoqda;
Beshinchidan, O‘zbekiston xalqaro normalarning milliy qonunchilikdan ustunligmi tan oladi, xalqaro-nuquqiy standartlarni hurmat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir”, deb ko‘rsatib qo‘yilishi, shuningdek, ushbu moddaning ikkinchi qismida “Respublikalar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishishini mumkm , degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan.
Shuningdek, 2012-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlari, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilish ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingana xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi”.
Mazkur qoidalar O‘zbekistonni xalqaro huquqning boshqa sub’yektlari bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlam hamkorlik aloqalarini olib borishga, xususan, nufuzli xalqaro tashkilotlarga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirishi hamda uning xalqaro xamjamiyat tomonidan har tomonlama tan olinishi va xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga, shu jumladan, bola huquqlari sohasida ham hamkorlik aloqalari olib borishi uchun huquqiy zamin yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi boshqa sohalar kabi, bola huquqlari sohasida ham quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
birinchidan, mamlakatning xalqaro huquqning boshqa sub’yektlari bilan bola huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishi orqali;
ikkinchidan, mamlakatning xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi orqali.

Download 421.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling