A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022
Aholining bola huquqlari borasidagi xabardorlik daradasini o’rganish va oshirish metodlari
Download 421.04 Kb.
|
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI
Aholining bola huquqlari borasidagi xabardorlik daradasini o’rganish va oshirish metodlari.
UNIСEFning Bolalarni himoya qilish boʻlimi U-Reportyorlardan mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri haqida oʻz fikrlarini bildirishini soʻradilar. Maʼlumotlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi uchun qoʻshimcha tahliliy material sifatida ishlatiladi. Olingan maʼlumotlar migratsiya sharoitida bolalarni himoya qilish sohasida Hukumat uchun siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda qoʻllaniladi. Mavjud mehnat migratsiyasi taʼsirining koʻlami faqatgina davlatlar va ularning oʻzaro munosabatlari chegaralaridan tashqarisiga chiqib, toʻgʻridan-toʻgʻri mehnat migrantlarining oilalari va yaqinlariga taʼsir koʻrsatmoqda. Bolalar kontekstida ushbu masalaning jamoatchilik bilan aloqalarga eng katta taʼsirini eʼtirof etgan holda, Yevropa Ittifoqi UNICEF koʻmagida Oʻzbekiston hukumatiga bolalarni himoya qilish boʻyicha tegishli siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda yordam berish boʻyicha loyihani moliyalashtirmoqda. U-Report ushbu mavzu boʻyicha soʻrov oʻtkazdi. Soʻrovda 2500 ga yaqin kishi qatnashdi. Eng faol ishtirokchilar Toshkent va Fargʻona viloyatlari (respondentlarning ulushi 22% atrofida), Xorazm, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Soʻrov kontekstida, migrant (muhojir) – bu bir joydan ikkinchi joyga (uning tug'ilgan joyi bo'lmagan) ko'chib o’tgan shaxsdir: ish topish yoki yashash sharoitini o’zgartirish maqsadida.. SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI: 1) Respondentlarning 70 %dan ortigʻi, mehnat migratsiyasiga ketganidan soʻng oʻzlariga yoki oila aʼzolariga jamiyat tomonidan munosabat o’zgarganligi haqida ma’lumotga ega emas yoki oʻzgarmagan deb hisoblaydilar. Qolgan taxminan 20 %i bu munosabat ijobiy tarzda va faqat 10%i - salbiy tarzda oʻzgargan deb hisoblashadi. 2) Respondentlarning 59%i Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlari bor oila farzandlariga mensimaslik faktlarini uchratmaganliklarini eʼtirof etdilar. Soʻralganlarning 17%i bunday faktlarga duch kelganlari haqida aytib o’tishdi. 3) Respondentlarning 48%i mehnat migratsiyasi qolayotgan bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatdi deb hisoblaydilar, respondentlarning 35%i taʼsirning mohiyati haqida maʼlumotga ega emas, 16%i esa migratsiyaning migrantlar bolalariga nisbatan ijobiy taʼsirini qayd etdi. 4) Odatda, mamlakatda qoladigan mehnat migrantlarining oila aʼzolariga ularning qarindoshlari (53%) yoki hech kim yordam bermas ekan (37%). 5) Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, migrantlar va ularning yaqinlari/qarindoshlari oʻrtasida yaqin aloqalar mavjud: soʻrov qilinganlarning 42%i ular har kuni aloqada boʻlishlarini, 30%i haftada bir marta, 13%i oyida bir marta, va respondentlarning atigi 15%i yiliga bir muloqotda boʻlishini yoki umuman muloqotda boʻlmasliklarini eʼtirof etdidar. 6) Soʻralganlarning 26%i mehnat migratsiyasiga borish istagi yoʻqligi haqida aniq javob berdi. 50%i kelajakda mehnat muhojirlari rolida oʻzlarini tasavvur qilishlari mumkinligini - yaʼni ular chet elda ishlash istagi haqidagi savolga ijobiy javob berdilar, qolganlari esa bu haqda bilmaydilar yoki oʻylamaganlar. 7) Mehnat migratsiyasi jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi degan fikrda boʻlgan respondentlarning 50%i, migratsiya yashash uchun uy-joyga pul ishlab topish imkoniyatini berishini aytdilar. Download 421.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling