Muhokama uchun savollar:
Ombudsman instituti shakllanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Bolalar Ombudsmanining vazifalarini sanab bering.
Ombudsman institutining samaradorligi haqida gapiring.
Xalqaro amaliyot va uni O’zbekistonda qo’llashning o’ziga xos xususiyati nimalardan iborat?
INTERFAOL OʻYINLAR
”Baliq ovi” o’yini.
Doskaning bir tomoniga dengiz rasmi, ikkinchi tomoniga akvarium rasmi tushiriladi. Dengizda baliqlar bo’ladi. O’quvchi dengizdagi baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. Javob to’g’ri bo’lsa baliqni akvariumga, noto’g’ri bo’lsadengizga qo’yib yuboradi.
“Raketa” o’yini.
Doskaga raketa rasmi chiziladi, yoki, uchta raketa yasab savollar yozilgan kartochkalar ilinadi. Raketa o’zga sayyoraga uchish uchun yuklardan xoli bo’lishi kerak. O’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Qaysi guruh a’zolari savollarga to’g’ri javob bersa kartochkalar olib tashlanadi. To’g’ri javob berilmagan kartochka raketada qoladi va u ucha olmaydi. Yangi mavzuni tushuntirish paytida raketa yetib brogan sayyoradan kelgan ma’lumotlar sifatida mavzu tushuntirilsa qiziqarliroq bo’ladi.
8-mavzu. O’zbekistonda bola huquqlarini himoya qilishning institutsional tizimi.
Reja:
1. O’zbekiston sharoitida bola huquqlarini himoya qilishda davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar roli.
2. O’zini o’zi boshqarish organlarida ota-onalar universiteti faoliyati.
3. Aholining bola huquqlari borasidagi xabardorlik daradasini o’rganish va oshirish metodlari.
Tayanch so’z va iboralar:
Xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar, daxlsizlik huquqi, O’zini o’zi boshqarish organlarida ota-onalar universiteti, Oliy Majlis.
O’zbekiston sharoitida bola huquqlarini himoya qilishda davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar roli.
O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari va tamoyillariga, respublikaning tashqi siyosati va bola huquqlari sohasidagi milliy qonunchiligiga, BMT va YeXHTning tamoyillari va maqsadlariga, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi.
O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustuvorliklardan kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |