A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 486.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi486.77 Kb.
#1491178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
lA2DodZbsSITdsyLtfEU4tHJrAgzgeOzB7AHCNYB

9. Masofaviy (distantsion) ta`lim. 
Mustaqil ta`limda bajariladigan topshiriqlar va uning bajarish usullari va 
shakllari fan xususiyatidan kelib chiqib quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Yozma ish – oʻquvi berilgan mavzuni mustaqil oʻrganib oʻz fikrini yozma 
ish shaklida bayon etadi (konspektlashtiradi); 
Testlar – oʻquvi berilgan mavzuni mustaqil oʻrganib mavzuga taalluqli 
testlarni tuzadi; 
Laboratoriya hisobotlari – Oʻquvchi sinfda bajarilgan laboratoriya 
tajribalari natijalari boʻyicha hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi va hisobot 
shaklda tayyorlaydi.
Referat – mashgʻulotlarda yoritilgan savollar boʻyicha, qoʻshimcha 
manbalardan oʻqib oʻrgangan bilimini yozma namoyon etadi va kelgusi 
darslarda mashgʻulotiga himoya qilib aytib beradi.
Sxema chizish – oʻquvi mavzuga tegishli sxemalarni adabiyotlardan
Internet yangiliklaridan olib chizib keladi va tushuntirib beradi.
Model namunalarini tayyorlash mavzuga tegishli rasmlardan
sxemalardan foydalanib alohida detal yoki uzellarni, qismlrni modelini 
tayyorlaydi.
Masala yoki misol echish – mavzuga tegishli boʻlgan bir necha misol va 
masalalarni uy topshirigʻi asosida oʻrganib echib keladi.
Ogʻzaki tayyorgarlik – mavzuga tegishli savollarga tayyorlanish
qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanish va nazorat savollariga aniq javob berish 
qoibiliyatini shakllantirish. 


Plakat (koʻrgazmali qurol) – mavzu boʻyicha rasm yoki sxemalarni 
plakatda aks ettirish. Topshiriqni darsda aytib berishda plakat koʻrgazmali qurol 
sifatida foydalaniladi.
Loyiha – ma`lum bir mavzu boʻyicha topshiriqni semestr davomida bajarib 
boriladi. Loyihani bajarilishi kerak boʻladigan qismlari yuqorida keltirilgan 
mustaqil ta`lim shakllari holida ham bajarilishi mumkin. Loyiha fan yakunlanish 
arafasida himoya qilinadi va alohida baholanadi.

Download 486.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling