A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 486.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi486.77 Kb.
#1491178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
lA2DodZbsSITdsyLtfEU4tHJrAgzgeOzB7AHCNYB

Mavzuning maqsadi. Oʻquvilar mustaqil ta`limini tashkil etish va 
boshqarishning ilmiy asoslarini tahlil qilish hamda poyeksion chizmachilikdan
oʻquvchilarning sinfda va sinfdan tashqari mustaqil ta`limini tashkil etish va 
boshqarishning samarali shakl, metod va vositalarini amaliyotga tatbiq etish 
yoʻllarini yoritishdan iborat.


Mavzuning obyekti. Oʻquvchilar mutaqil taʻlimini tashkil etish jarayoni. 
 Mavzuning predmeti. Oʻquvilar mustaqil ta`limini tashkil etish va 
boshqarish mazmuni, yoʻllari va metodlari. 
Vazifalari.1. Chizmachilik fanidan oʻquvchilarning mustaqil ta`limini 
tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari, Oʻquvilar mustaqil ta`limini 
tashkil etishning maqsad va vazifalari, oʻquvchilarning mustaqil ta`limini tashkil 
etish usullarini yoritish. 
2. Chizmachilikdan mustaqil ta`limini tashkil etish va boshqarishning 
mexanizmlarini ishlab chiqish, aynan proyeksion chizmachilik fanidan 
auditoriyada va auditoriyadan tashqarida bajariladigan mustaqil ta`lim asosida 
oʻquvilarning fanga oid koʻnikmalarini shakllantirish. 
3. Chizmachilikka oid sinfda va sinfdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil 
etish, oʻquvchilar faoliyatini boshqarish. 
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Mustaqil taʻlimni tashkil etish boʻyicha berilgan maʻlumotlar va 
tavsiyalar asosida oʻquvilarning mustaqil taʻlim olishlarining samaradorligiga 
erishishimiz mumkin boʻladi. Bu esa oʻz navbatida taʻlim samaradorligining va 
oʻquvilar bilimining oshishiga sezilarli darajada hissa qoʻshadi.  
1.1. Oʻquvchilarning mustaqil ta`limini tashkil etishning maqsad va 
vazifalari.
Ma`lumki, mamlakatimizda ta`lim sohasida boʻlayotgan oʻzgarishlar, ya`ni 
qabul qilingan qonun va farmoyishlar jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta`sir qilishi 
shubhasizdir. Ular ayniqsa, mamlakatning intelektual salohiyatini oshirishda
etuk, raqobatbardosh jahon standarti talablariga javob bera oladigan kadrlar 
etkazib berishda muhim omil hisoblanadi.
«Ta`lim toʻgʻrisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 
qabul qilinib, uning amaliyotga joriy qilinishi buning yaqqol misolidir. Ayniqsa, 
ta`limning oʻrta maxsus kasb - hunar bosqichida qilingan yangiliklar boshqa 
jarayonlardan oʻzining bir tizimliligi, izchilligi va uzviyligi bilan ajralib turadi. 
Oʻrta maxsus, kasb – hunar ta`limi muassasalarida jamiyatimizga ijodkor, bilim 


salohiyati yuqori boʻlgan malakali kichik mutaxassislarni etkazib berishi kerak. 
Hozirda umumiy oʻrta ta`lim maktablarini bitirgan yoshlarning aksariyati kasb - 
hunar kollejlariga borib, kasb - hunar egasi boʻlishga intilmoqda. Bundan 
koʻrinib turibdiki, jamiyatimiz rivojida ularning hissalari kattadir. Shuning 
uchun kasb - hunar kollejlarida ta`lim olayotgan yoshlarni etuk, bilimli, malakali 
va barkamol inson qilib tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun 
albatta kasb – hunar kollejlarida yoshlarga bilim beradigan pedagoglarning 
kasbiy tayyorgarlik darajasiga e`tibor qaratilmogʻi kerak.
Ta`lim dasturi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb - hunar ta`limi bilan 
uzluksizlik va uzviylikni ta`minlagan holda oʻquvchilarning majburiy – fanlar 
bloklarini (gumanitar va ijtimoiy – iqtisodiy, matematik va tabiiy – ilmiy; 
umumkasbiy ixtisoslik va qoʻshimcha) oʻzlashtirishlarini nazarda tutadi.
Oʻqituvchi tayyorlash oʻquv rejasiga kiritilgan ta`lim dasturlarida 
oʻquvchilarning oʻquv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar 
boʻyicha mustaqil bilim olishlari nazarda tutilgan.
Mustaqil ishlarni bajarishda oʻquvchilar fanlararo bogʻlanishni hisobga 
olib, oʻquv adabiyotlarini tanlaydi, ulardan kerakli ma`lumotlarni yozib oladi, 
ularni tahlil qilib, mustaqil ishning mazmunini oʻrganadi va shu ish boʻyicha 
tushunchaga ega boʻladi.
Ishchi oʻquv rejasidagi mustaqil ta`limga ajratilgan soatni taqsimoti 
mavzularni oʻrganish, bajarish shakllariga, topshiriqni qiyinlik darajasiga 
bogʻliq. 
 
Bir kunda oʻquvchi tomonidan bajariladigan mustaqil ta`limning taxminiy 
jadvali 



 
 
 
Bir kunda oʻquvilar 3 ta mustaqil mashgʻulotiga ishtirok etsa, fanlarni 
qiyinchilik darajasiga qarab, eng qiyin mustaqil topshirigʻi koʻp bir fanni 
qoʻshimcha jadval asosida sinfda oʻqituvchi ishtirokida, ikkinchi fanni ARMda 
va uchinchi osonroq fanni uyda mustaqil bajarishi mumkin.
Oʻquvilarning bilim olishida kunning qaysi payti qulay va samarador 
boʻlishi psixolog olimlar tomonidan taqsimlangan va ishlab chiqilgan.
Unga koʻra: ertalabki soat 7.00dan soʻng ish qobilyati oshadi, soʻngra esa 
soat 9.00dan 11.00 gacha odamlardan eng yuqori daraja deb nomlangan ish 
qobilyati kuzatiladi. 12.00-13.00 larda qobilyat pasayadi va soat 14.00-15.00 
larda borib eng pastki darajaga tushadi. Soat 15.00 dan keyin qobilyat biroz 
koʻtariladi va shu holatda 17.00-19.00 gacha oʻzgarmaydi,baʻzi bir odamlarda 
soat 20.00dan soʻng yana “Yuqori faollik darajasi” paydo boʻladi va u soat 
10.00 gacha saqlanadi. 

Download 486.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling