A avtomatlashtirish va modernizatsiyalash atamalariga ta’rif bering Автоматлаштириш


Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda sanoatning roli


Download 125.67 Kb.
bet26/45
Sana25.06.2023
Hajmi125.67 Kb.
#1654812
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
INDUSTRIAL

31.Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda sanoatning roli
Davlat mustaqilligi e’lon qilingandan beri o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta yutuqlarga erishiladi.

Milliy iqtisodiyot – bu ushbu mamlakatning ma’lum xududiy chegaralarida tarixan shakllangan, yagona tizimga birlashtirilgan iqtisodiy tarmoqlarining yig‘indisidir.

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish Prezidentimiz I.A.Karimov ilgari surgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Ular bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modelini shakllantirishning butun dasturi negiziga qurigan.

Mustaqillik shakllangan qisqa davr ichida respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning qonuniy – huquqiy asoslari yaratiladi. Zarur bo‘lgan hamma xo‘jalik – huquqiy me’yorlar, subyektlarning iqtisodiy erkinligini, xususiylik va tadbirkorlikni himoya qilishni kafolatlovchi bir qator qonunchilik xarajatlari va hujjatlar paketi qabul qilinadi va ular amalga oshirilmoqda.

Sanoat korxonasi milliy iqtisodiyotning muhim subyekti, moddiy subyektlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston sanoat majmuasining boshlang‘ich xalqasidir.

Ishlab chiqarish – bu odamlar hayot faoliyatidagi obyektiv zarurat, kishilik jamiyati mavjud bo‘lishning asosidir. Faoliyatning istalgan turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval odam o‘z xayotining moddiy sharoitlarini yaratish: oziq-ovqat, kiyim, turar joy topishi kerak.

Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – inson talablarini qondirish.

Talablar esa chegarani bilmaydi. Bu ishlab chiqarishni doimiy rivojlantirib borishni taqozo etadi.

Qandaydir tovarni ishlab chiqarish jarayoni yakka tartibda – korxonada amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa iqtisodiyot – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan turli xildagi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning murakkab yig‘indisidir. Shunday tarzda ishlab chiqarish doimo ijtimoiy shaklda namoyon bo‘ladi. Shunchaki tashkil qilingan ishlab chiqarish yo‘q. U hamma vaqt turli xil iqtisodiy subyektlarning o‘zaro munosabatlari bilan taqdim etiladi, chunki ishlab chiqarish omillari (yer, kapital, mehnat) ning o‘z egalari, mulkdorlari bor.

Rivojlangan bozor iqtisodiyotida yetakchi uchta xo‘jalik yurituvchi harakat qiladi. Bular:

Uy xo‘jaliklari.

Korxonalar (mulk egalari turlicha).

Davlat.

O‘z mulkida ijtimoiy kapitalning katta qismini mujassam qilgan asosiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar ularning birlashmalaridir.

Korxonalar mamlakatning xalq xo‘jaligi majmuasini tashkil qilish va rivojlantirishda rol o‘ynaydilar.

Ular moddiy ishlab chiqarishning tegishli tarmoqlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va boshqalar) ni tashkil qiladilar. Korxonalar tarmoqning tuzilmasini tashkil qiladilar, uning yo‘nalishi (profili) va miqiyoslarini belgilaydilar. Ulardan o‘lkalar, viloyatlar, shaharlarni tuzuvchi tarmoq va xududiy majmualar shakllantiriladi. Korxonalar o‘z-o‘zlari joylashgan shaharlar, qo‘rg‘onlar, viloyatlar va o‘lkalarning o‘lchamlari va xududiy ixtisoslashishlarini shakllantiradilar.

Hamma davlat hujjatlarida korxonalar xalq xo‘jaligi majmuasining bosh unsurlari yoki asosiy bo‘ginlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Har qanday xo‘jalik va texnik qaror faqat korxonada, zavod mutaxasisi, xizmatchisi, ishchisining ish joyida real shaklini oladi.

Respublikada amalda sanoatning og‘ir sanoatdan yengil sanoatgacha va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlovchi, ilmiy sig‘imli ishlab chiqarishlargacha bo‘l- gan hamma tarmoqlarini namoyon qiluvchi kuchli, bir qator hollarda esa nodir korxonalar tuzilgan va ular ishlab turibdi.



Ko‘plab avlodlarning mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish potensiali mamlakatning bundan keyingi iqtisodiy o‘sishi uchun ishonchli asosdir.

Download 125.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling