A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .3 .7 . «Kitob m asolik ul-mamolik*


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

3 .3 .7 . «Kitob m asolik ul-mamolik*
Ushbu kitob muallifi Istaxriy yoki Abu Is’hoq Ibrohim ibn 
M u h a m m a d
al-Forsiy (850-934) nomi bilan mashhur bo'lgan sayyoh va geograf 
o lim . 
U 915-yildan boshlab Eron, M ovarounnahr, Suriya, Misr va M ag'
rib 
bo'ylab sayohat qilgan. Mana shu sayohat vaqtida to'plangan 
b o y daliliy 
material va zamondoshi Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al-Balxiyning (850— 
9 3 4 ) 
“Suvaral-aqolim” (“ Iqlimlar surati”) kitobi asosida 
930—9 3 3 -y illard a 
o ‘zining “ Kitob masolik ul-mamolik” (“ Mamlakatlarga boriladigan 
y o 'lla r 
haqida kitob”) nomli qimmatli asarini yozgan.
Asar yigirma bobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari (Arabiston, 
M ag'rib, Misr, Suriya, Iraq, Eron, M ovarounnahr), shuningdek, 
Hindistonningchegaralari, iqlimi, ma’muriy bo'linishi, mashhurshaharlari, 
ularga olib boriladigan yo'llar, aholisi va uning mashg'uloti, atoqli kishilari, 
savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon etilgan.
“ Kitob masolik ul-m amolik” asarining asl matni uch marta 1870, 
1927 va 1967-yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin Muhammad 
ibn Sa’d ibn M uhamm ad an-N axchivoniy tom onidan XVI asming 
ikkinchi yarmida fors tiliga taijima qilingan, qo'lyozma nusxalari Sankt- 
Peterburg va Toshkentda saqlanmoqda.
3 .3 .8 . «Kitob ul-m asolik va-l-m am olik*
Ushbu kitobning muallifi Ibn Havqal (vaf. 976)dir. U o'z davrining 
ko'zga ko'ringan yirik geograf olimi va sayyohi bo'lgan. Olimning to'liq 
ismi Abulqosim ibn Havqal an-N isibiy bo'lib, nasabiga ko'ra olim 
Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nasibin shahridan chiqqan.
Ibn Havqal 943-yildan boshlab savdogar sifatida turli mamlakatlar Markaziy 
Afrika, Ispaniya, Italiya. Eron, Hindiston bo'ylab sayohat qilgan. U Istaxriy 
bilan shavsan uchmshgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go'yoki undan o'z asaridagi 
xato va chalkashliklami xalos qilish va qaytadan ishlashni iltimos qilgan.
“ Men, - deb yozadi Ibn Havqal, — uning kitobidagi bir emas, bir 
necha xaritalarni tuzatdim, so'ngra ushbu o 'z kitobimni yozishga qaror 
qildim. Istaxriy kitobida uchragan xatolami tuzatdim, kitobimga bir 
nechta 
(yangi) xaritalarni ilova qildim va ulami izohlab berdim.”
Ibn Havqalning asari “ Kitob ul-masolik va-l-mamolik” (“Yo'llar va
150


mlakatlar haqida kitob”) yoki qisqacha “ Kitob surat al-ard” (“Yeming 

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling