A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .4 .1 1 . «Jom e’ ut-tavorix»


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .4 .1 1 . «Jom e’ ut-tavorix»
“Jo m e’ ut-tavorix” ( “Tarixlar m ajm uasi”) asarining muallifi m ashhur 
qomusiy olim , tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi Rashiduddin 
Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulxayral-Ham adoniydir. Uning ota-bobolari 
ham o 'z zam onining o'qim ishli kishilaridan bo'lganlar. M asalan, bobosi 
dastlab yirik qomusiy olim Nosiruddin Tusiy (1201-12 74 ) bilan birgalikda 
Alamut qal’asida1 Ismoiliylar xizmatida bo'lgan, so 'n g m o 'g 'u llar tarafiga 
o'tib ketgan. Otasi Imoduddavla Abulxayr o'rtahol kishi bo'lib, Ham adonda 
tabibchilik bilan kun kechirgan, keyinchalik Elxoniylar saroyiga taklif qilinib, 
u yerda ham o 'z kasbi bilan shug'ullangan.
Rashiduddin 1247-yili Ham adonda tug'ilgan. Yoshligidan yaxshi o'qib, 
ota kasbidan tashqari, ko'pgina ilm lam i — ilohiyot, tabiiy fanlar, m um toz 
adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlam i puxta egallagan.
Rashiduddin Elxon Abaqaxon (1265—1282) davrida uning shaxsiy 
tabibi b o 'lib xizm at qilgan, keyin cha G 'o z o n x o n (12 9 5 —1304) va 
O 'ljoytuxon (1304—1317)lar vaziri bo'lgan. Ushbu xonlam ing homiyligi
ayniqsa o'zining tadbirkorligi orqasida, davlatning moliyaviy muassasasi 
tam om an uning qo'Iida edi, R ashiduddin vazirlik yillari (12 98 -1 31 7)
о z davrining eng badavlat va n ufuzli k ish ila rid an biriga ay lan di. 
Halokuiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 000 gektar hosildor 
yer-suvi, bog'lari, o 'n lab ham m om , karvonsaroy, hunarm andchilik va 
savdo do'konlari, yaylovlarda esa 250 000 qo'yi, 30 000 yilqisi, 10 000 
Uyas‘ bo'lgan. R ashiduddinning shaxsiy boyligi, tarixiy m anbalarning 
lik berishicha, 35 000 000 dinorga teng bo'lgan. U ning k o 'p sonli
Qal' / ' b !
~ QazvinninK shim oli-g'aibiy tarafida, Elburs to g 'id a joylashgan mustahkam
4 a - lsm o.I,ylam ing m uhim qarorgohU m dan
177


o ‘g ‘illari (16 nafar) Bag'dod. R um , G uijiston , Ardabil, Isfahon, Fors. 
Xuziston, Kirm on va D om g'on viloyatlarining hokimi edilar.
R ashiduddin feodal tarq o q lik va ayirm ach ilik tara fd o ri bo'lgan 
ko'chm anchi tu rk -m o 'g 'u l katta yer egalaridan farqli o 'laroq , 
o 'tro q lik
ham da markaziy davlat muassasini m ustahkam lash tarafdori edi. Uning 
G 'o zo n x o n davrida o'tkazgan m a ’muriy va moliyaviy islohotlari shunga 
qaratilgandi. Oxiri Rashiduddin elxoniylar saroyida hukm surgan fitna 
qurboni bo'ldi. Endigina taxtga o'tqazilgan Abu S a’idxon (1317—1335) 
R a sh id u d d in n i saro y d an c h e tla s h tird i. O ra d a n b ir yil o 'tg a c h , u 
O 'ljoytuxonni zaharlab o'ldirishda ayblanib, 1318-yilning 18-iyulida 
qatl 
etildi, barcha m ol-m ulki m usodara qilindi. O 'sh an d a uning Tabrizdagi 
600 000 jild kitobga ega boy kutubxonasi ham talon-taroj qilindi.
R ashiduddin tarixda o'zining yirik asarlari bilan ham nom qoldirdi. 
Ilohiyot ilm ining ayrim masalalariga bag'ishlangan “A l-m ajm uot ar- 
Rashidiya” ( “ R ashiduddinning m ajm ualari” ), tibbiyotga oid “Al-osor 
v a - l- ih y a ” ( “ T irik n a rs a la rn in g q o ld iq la r i” ), “ B ayon a l- h a q o iq ” 
(“ H aqiqatlar bayoni”), qurilish masalalariga bag'ishlangan “Asila va ajiba” 
( “Ajib va asil narsalar” ) va nihoyat, jaho n tarixini o 'z ichiga olgan “Jom e 
ut-tavorix” uning qalamiga m ansub asarlar jum lasidandir.
O lim ning bizning zam onam izgacha to 'la yetib kelgan birdan-bir asari 
ana shu “Jom e ut-tavorix” bo'lib, u o 'rta asr tarixnavisligining o'ziga 
xos noyob obidasi hisoblanadi. Bu kitob o 'rta asr Sharq tarixchiligida 
yangi an ’anani boshlab bergan asar. Unda um um iy tarix sifatida musulmon 
m am lakatlari tarixi bilan birga, G 'a r b m am lak atlari, Xitoy ham da 
Hindiston tarixini ham yoritishga intilgan, Sharq m am lakatlari tarixi 
um um jah o n tarixining bir qism i, deb hisoblagan.
“Jo m e ut-tavorix” asari 1 3 0 1 -1 3 1 1-yillar orasida G 'ozonxonning 
topshirig'i bilan yozilgan. Asar uch qism dan iborat: I) M o'g'ullar 
va 
ular 
asos solgan davlatlar U lug' yurt, ya’ni M o'g'u listo n, Elxoniylar davlati 
ham da m o 'g 'u llar asoratiga tushib qolgan m am lakatlar, Shim oliy Xitoy, 
O 'rta Osiyo va Yaqin ham da O 'rta Sharq m am lakatlari xalqlarining 
m o 'g 'u l istilosigacha bo'lgan qisqacha tarixi; 2) Sharq mamlakatlari 
xalqlarining islomiyotdan aw algi tarixi, Arab xalifaligi va uning 

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling