A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .4 . Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

5 .4 . Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari
Fors tilida bitilgan tarixiy asariar an’anaga binoan arab tilida nomlanar, 
ularda ham islomiy manbalar va islomiy tarixiy asariar xususiyatlari yaqqol 
ko'zga tashlanar edi. Hatto, yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo'lib, 
keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini hisobga olgan holda yigirma 
sakkiz arab harfiga to'rt harf qo'shildi va natijada arab yozuviga asoslangan 
fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi.
XIV 
asrgacha, asosan arab yozuvning mumtoz turlaridan kufly, nasx 
va sulsdan foydalanilgan bo'lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq 
Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, 
iste’molga kiritildi. Bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o'rin 
egalladi.
Ammo, tarixiy asar matni ichida kelgan “Q ur’oni karim” oyatlari,
44


“Hadisi sharif’lar an’anaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida 
b a rc h a
harakatlari ko'reatilgan holda ajratilib bitilar va so'ngra ularga forsiy 
yoki turkiy tilda izoh, tafsir keltirilar edi.
Fore tilining tarixiy m anbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi 
k ito b a t 
sa n ’atining M ovarounnahr va X urosonda yuksak darajada 
rivojlanish zamoniga to ‘g‘ri keldi.
Aksariyat fore tilidagi tarixiy asarlar oliy sifatli qog'ozga bitilar, kitob 
turli ajoyib naqshlarva m o‘jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari 
va a’yonlar uchun yaratilgan mo‘tabar qo‘lyozmalar oltin va kumush suvlari, 
turli bo‘yoqlar bilan bezatilib, kitobat san’atining shoh asarlari darajasida 
yaratilib, yuksak san’at namunalariga aylantirilar edi.
An’anaviy tarixiy asarlar, ya’ni ulkan umumiy tarixga oid barcha xalqlar 
tarixini o ‘z ichiga qamrab oluvchi mahobatli kitoblar o 'm ini asta-sekin 
alohida davr va biron bir sulolalar tarixiga bag'ishlangan asarlar paydo 
bo'lib, ulaming o ‘mini egallay boshladi.
Fore tilida bitilgan eng qadimgi m anbalardan biri Narehaxiyning 
“ Buxoro tarixi” asari bo‘lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy
Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizi A bru, A bdurazzoq Sam arqandiy, 
Muhammad M irxond, G'iyosiddin Xondam ir kabi yirik muarrixlar bu 
tilda asarlar yaratdilar. So'nggi fore tilida yaratilgan tarixiy manbalardan 
biri sifatida Ahmad Donishning tarixiy asariarini namuna sifatida ko'reatish 
mumkin.
Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri -
matn orasida, voqealar bayoni davomida she’riy lavhalaming keltirilishidir. 
Bu she’riy lavh alar tarixchining o ‘z asari boMishi m um kin va u 
boshqalaming she’riy asarlaridan ham bemalol foydalanishi mumkin. 
Bu badiiy-she’riy lavhalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol 
sifatida juda ko‘p ishlatilishidir.
Fore tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o'xshatish, mubolag'alar 
ko‘p ishlatilib, bayon uslubi o ‘ta jim jim ador boMishi mumkin. Mana 
shunday asarlar to ‘g‘risida Amir Tem ur tarixchi Nizomiddin Shomiyga 
shunday degan: “Shu uslubda yozilgan, tashbih va mubolag'alar bilan 
oro berilgan kitoblarda ko'zlangan maqsadlar o'rtada yo‘qolib ketadi, 
agar so‘z qoida-qonunidan nasibador boMganlardan birontasi m a’nini 
fahmlab qolsa qolar, amm o qolgan o'ntasi, balki yuztasi uning mazmunini 
uishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga 
barobar bo'lm aydi.” 1
0 ‘^ к ^ ! о п ' П1 9 % 123 j ^ a farn ° m a ^ OFS , ‘*‘d a n ° ‘*in ,v ch i Yu. H akim jonov - T oshkent:
45


Yurtimiz hududida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda ham arabiy, 
ham turkiy, ayrim hollarda m o'g'ul tili elementlari, so'zlar, iboralar, 
atamalar va hujjatlar uchrashi va mavjud bo'lishi biz uchun bir tabiiy 
holdir. Chunki, o ‘tmishda xalqimiz ziyolilari va namoyandalari uchun 
bir necha tilni bilish va ulami ishlatish odatiy hoi edi.
Ushbu darslikda barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni to ‘la qamrab 
olishni maqsad qilib qo'ymay, ulaming ichidan eng muhimlarini namuna 
sifatida tanlab olib, ular to'g'risida ixcham, qisqa m a’lumotlar keltirdik, 
xolos. Chunki, bu bilimlami talabalar o'zlari mustaqil kengaytiradilar 
degan umiddamiz. Bizning maqsadimiz, keltirilgan ushbu m a’lumotlar 
asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida umumiy tasawumi 
shakllantirish va uni mustaqil (Ikrlashga o'rgatishdir.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling