A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


etilgan. 4 .4 .7 . «Tarixi M uborakshoh»


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

etilgan.
4 .4 .7 . «Tarixi M uborakshoh»
“Tarixi Muborakshoh" (“ Muborakshoh tarixi”) asarining muallifi Faxriddin 
Muborakshoh Mavarrudiy bo'lib, u XII asming ikkinchi yarmi va XIII asming 
boshlarida yashagan yirik tarixchi olimdir. Tarixchining to'liq ismi Faxriddin 
Muborakshoh yoki Faxri m udir nomi bilan mashhur bo'lgan ekan.
Faxriddin Muborakshoh o 'z asarining dcbochasida, shuningdek, Ibn Al- 
Asir va “ Haft iqlim” muallifining keltiigan m a’lumotlariga qaraganda, otasi 
ham, o'zi ham G'uriylandan1 Shahobiddin (yoki M u’izziddin) M uham m ad 
(1173-1206) hamda G'iyosuddin M ahm ud (1206-1212) saroyida xizmat 
qilgan va o'z zamonasining keng m a’lumotli kishilaridan hisoblangan.
F axriddin M u b o ra k sh o h 1 2 06-y ilda o 'z in in g m a sh h u r “ T arixi 
M uborakshoh” asarin i yozib ta m o m la d i va L o h u rd a G 'iy o s u d d in
Mahmudga taqdim etib, uning e ’tiborini qozongan. Asar, m uallifning 
so'zlariga qaraganda, 13 yil ichida tam om langan.
“Tarixi M uborakshoh” asari 136 qism (shajara)dan iborat bo'lib, unda 
Muhammad payg'am bar, xulafoyi roshidin (Abubakr, Um ar, U sm on, Ali), 
ansoriar2, m uhojir sahobalar1, G 'assaniylar, ya’ni Suriya hukm dorlari
Yaman podshohlari, johiliyat zam onida, ya’ni islomiyatdan aw al o 'tgan
1 G 'uriylar— IООО-1215-yillarda X urosonning sharqiy qism i. A fg'o n isto n va Shim oliy 
H indistonda h u km ronlik qilgan sulola.
Ansoriar — y o rdam chi, safdosh; M u h am m ad payg‘am b ar 622-yili M akkadan M adinaga 
ko'chib kctishga m ajbur b o 'lg an id a uni q o ‘llab-quvvatlagan Avs va H azraj qabilala lin in g
a ’zolari.
Sahoba - ham rohlar. d o 'sllar. M u h a m m a d p ay g 'am b am in g h am rohlari. yaqin d o sllari.
171


shoirlar, sahobalar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podshohlari (Peshdodiylar 
Kayoniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Umaviylar, Abbosiylar, Tohiriylar 
Safloriylar, Somoniylar, G 'aznaviylar va nihoyat G 'uriylar tarixi bayon 
etilgan.
Ushbu asaming biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarhadlari 
va unda ishlab chiqariladigan mol va matolar, ulaming horijiy mamlakatlarda 
e ’tibor qozongan navlari, turk qabila va urug'lari, ulaming tili va madaniyati 
yozuvlari, urf-cxlatlari haqida boy daliliy m a’lumotlar keltirilgan.
“Tarixi M u b o ra k sh o h ” asa rin in g yagona m o 'ta b a r q o 'lyo zm asi 
A ngliyaning O ksford shahridagi Bodli kutubxonasida saqlanm oqda. 
Kitobning G 'u riy la r va turkiy xalqlar tarixiga oid qismi m atnini ingliz 
sharqshunosi D enison Ross 1927-yilda ch op qilgan.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling