A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Korxonalarda debitor va kreditor qarzlarning yillik holati 
(ming so'mda) 
11.2-jadval 
•Shu jumladan 
Shu jumladan 
Korxonalar 
nomi 
Debitor 
qarzdor-
lik 
mud-
dati 
o'tga-
ni 
Budjet-
ga 
soliqlar 
bo'yicha 
bo'nak 
to'lovlari 
Kreditor 
qarzdorlik 
mud-
dati 
o't-
gani 
budjetga 
to'-
lovlari 
bo'yicha 
qarz 
«А» 
181 


5097 
348676 
4584 
296236 
4200 
649112 
Ma'lumot ar korxonalar hisobotidan olingan. 
73423 
64547 
1890 
139860 
Jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, jami debitor qarzdorlik 
1 3 6 3 3 4
ming so'mni tashkil etib, muddati o'tgan debitor qarzdorlik 
mavjud emas. Budjetga soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlar 9681 
ming so'mni tashkil etib, jamiga nisbatan 7,l%ni tashkil qilgan. 
Debitor, qarzdorlik «А» korxonasining xissasiga, 78120 ming so'm 
to'g'ri kelib, jamiga nisbatan 57,3%ni tashkil etadi. Qolgan qismi 
5 8 2 1 4
ming so'm «В» korxona xissasiga to'g'ri kelib, 42,7%ni 
tashkil etadi. Jami kreditorlik qarz esa 649112 ming so'mni tashkil 
etib, muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas. Budjetga to'lovlar 
bo'yicha qarzdorlik 139860 ming so'm bo'lib, iamiga nisbatan 
21,5%ni tashkil etadi. Kreditor qarzdorlik «А» korxonaning ulushi 
3 4 8 6 7 6
ming so'm bo'lib, jamiga nisbatan 53,7%ni, budjetga 
to'lovlar bo'yicha qarzdorlik 73423 ming so'mni tashkil qiladi. «В» 
bo'yicha korxonada esa 296236 ming so'mni, jamiga nisbatan 
45,6%ni, budjetga to'lovlar bo'yicha qarzdorlik 64547 ming so'mni 
tashkil qiladi. «S» korxonada esa 4200 ming so'mni, jamiga 
nisbatan 0,7%ni, budjetga to'lovlar bo'yicha qarzdorlik 1890 ming 
so'mni tashkil etadi. 
Jadval ma'lumotlaridan foydalanib, umumbelgilangan soliqni 
to'lovchi korxonalarning («А», «В») budjet oldidagi qarzdorligi 
99,3%ni (137970 ming so'mni) tashkil qilgan. Bunga sabab soliq 
turlarining ko'pligi hamda hisob-kitob ishlari qiyinligidan dalolat 
beradi. Yagona soliq to'lovchi korxonalarning budjet oldidagi 
to'lanmalari bir muncha pastligi ko'zatildi. Bizga ma'lumki, 
korxonalarning budjet oldidagi majburiyati yuqori bo'lsa, soiiqdan 
bosh tortish, soliq huquqbuzarliklari, soliq xatoliklari kelib chiqadi. 
Shunday ekan korxonalarning erkin faoliyat yuritishida, raqo-
batbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda korxonalarni yagona 
182 


ixchamlashtirilgan soiiq tizimiga o'tkazish va shu orqali kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash mumkin. 
Korxonada ichki soliq nazoratini o'rnatish va yuritish soliq 
to'lovlarini optimallashtirishning bir yo'nalishi hisoblanadi. 
Korxonada soliq nazorati, bu - korxona soliq menejerining 
(yoki korxona raxbari, bugalterlarining) ishonchli bugalteriya, shu 
jumladan, soliq hisobini yuritish, to'g'riligi ustidan nazorat qilish, 
shuningdek, soliq xatolarining soliq organlari nazorati oldidan 
soliqlar hisoblanishini aniqlash va yo'qotish choralariga qaratilgan 
faoliyatdir. 
Korxonada ichki soliq nazorati, bu - korxona bugalteriya va 
moiiyaviy xizmat ko'rsatish xodimlari ustidan birlamchi tekshi-
ruvdir. Bunday tekshiruv orqali soliqqa tortiladigan obe'ktlar hiso-
bini yuritish jarayoni to'g'ri tashkil etilganligi, soliq hisob-kitoblari 
va hisobotlari mukammal tuzilganligi va soliq va to'lovlar bo'yicha 
budjet bilan o'zaro hisob-kitoblar o'z vaqtida amalga oshirilayotgan 
haqidagi ma'lumotlar to'g'riligi tekshiriladi. 
Ichki nazoratni yuritish asosida, awalo, korxona manfaatlariga 
rioya qilish kerak. Shuningdek, nazorat natijalaridan korxona man-
sabdor shaxslari va soliq organlari, bojxona organlari, monopoliya-
ga qarshi kurashish taslikilotlari tahliliy faoliyati uchun foydalana 
olishlari kerak. 
Korxonada soliq to'lovlarni boshqarish yuzasidan ichki 
nazoratni yuritish bo'yicha mukammal tizimni ishga tushirish uchun 
korxonada quyidagi sharti sharoitlar yaratilgan bo'lishi: 
- rivojlanish strategiya belgilangan bo'lishi; 
- strategik va taktik rejalar asosida soliqlar ichki nazoratini 
amalga oshirishga boshqaruvchilarning tayyorligi hamda boshqa-
rishning aniq tamoyillarining ishlab chiqilganligi; 
- ma'lum maqsadga yo'naltirilgan tizimning mavjud bo'lishi, 
soliqlarni ichki nazoratin amalga oshirish bo'yicha javobgar 
bo'limriing yoki shaxsning mavjudligi; 
- soliqlarni rejalashtirish bo'yicha kelishuv hududi, soliqlarni 
hisoblashning ichki nazorat tartibi o'rnatilishi; 
- soliqlarni rejalashtirish va soliq hududini realizatsiya qilishga 
ta'sir ko'rsatuvchi omillar monitoringini yo'lga qo'yish. 
183 


Tayinli bo'lmagan soliq tizimi sharoitida soliq hisobini yuritish 
va ichki soliq nazoratini yuritish juda murakkab. shu bilan bir 
paytda korxona manfaati uchun juda muhimdir. Bunday sharoitda 
soliq tizimiga kiritilayotgan o'zgarishlarni va ulardan korxona 
faoliyatida keladigan moliyaviy natijalarni kuzatish maqsadga 
muvofiq bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, soliqqa oid 
xatolarining yuzaga kelishi ko'p hollarda kadrlarning noto'g'ri 
faoliyati bilan bog'liq. Ko'pgina davlatlarda bu ko'rsatkich yuqori 
foizni tashkil etadi. Masalan, Rossiyada 75%, respublikamizda esa 
bu ko'rsatkich pastroq, buning sababi soliq xatoliklarining yuz 
berishi korxonalar faoliyatiga bog'liq bo'lmagan obyektiv va 
subyektiv sabablar bilan izohlanadi. 
Bu holatlar har bir korxonada ichki soliq nazorati tizimi 
o'rnatilishini taqozo qiladi, Bu tizimning vazifasi soliq majburiyat-
larining bajarilishida soliq xatolarining yuzaga kelishining iloji 
boricha oldini olishga harakat qiladi. Bu ishlarni amalga oshirish 
uchun korxonalarda soliq menejeri lavozimini tashkil qilish lozim. 
Shunday qilib korxonada to'g'ri tashkil etilgan ichki soliq 
nazorati soliq xatolarini salmoqli darajada kamaytiradi va bu bilan 
soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshirishlari 
paytida qo'yiladigan moliyaviy jarimalar sonini kamaytiradi. Bunda 
moddiy manfaatdorlikdan tashqari ichki soliq nazorati korxona 
tadbirkorlik faoliyati uchun barqaror asos, yaxshi muhit yaratadi, 
soliqqa tortish sohasidagi qarorlarni qabul qilinishiga ishonch va 
qat'iyat beradi, undan tashqari soliq tekshiruvlaridan keladigan soliq 
muammolaridan xalos qiladi. Hozirgi o'zgaruvchan bozor sharotida 
ishonchli va dolzarb axborotlarga ega bo'lgan va o'z tadbirkorlik 
faoliyatini o'zgaruvchan soliq qonunchiligi bilan moslashgan holda 
olib boruvchi korxonalar moliyaviy natijalarga erishishda so'zsiz 
ustunlikka egadirlar. Shu jihatdan Respublikamizda 2004-yili soliq 
maslahatchilari palatasining tuzilishi korxonalarda soliq 
menejmentini amalda tashkil etish zaruratidan kelib chiqadi. Soliq 
maslahatchilari korxona menejerlari va bugalterlariga qanday qilib 
soliq qonunchiligini buzmagan holda, soliqlarni to'g'ri va aniq, 
qanday miqdorda va qanday muddatlarda to'lash, soliq imtiyoz-
larining, soliqqa tortishning turli tizimlaridan va boshqa soliq 
imkoniyatlaridan to'g'ri va samarali foydalanish borasida maslahat 
184 


beradiIar. Soliq maslahatchilari palatasining tuzilishi respubli-
kamizda korxonalar soliq menejmentini rivojlanishining navbatdagi 
bosqichidir. Bundan tashqari O'zbekiston respublikasining 
2I.09.2006-yildagi 55-Soliq maslahati to'g'risida (Qonunchilik pa-
latasi tomonidan 2006-yiI 29-iyunda qabul qilingan, Senat 
tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma'qullangan) qonuni ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling