A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
XI BOB. KORXONALARDA SOLIQ MENEJMENTINI
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq
XI BOB. KORXONALARDA SOLIQ MENEJMENTINI
TASHKIL ETISH l-§. Soliq inenejmentining mohiyati, tamoyillari va asosiy yo'nalishlari Davlat tomonidan korxonalar faoliyatini soliqlar vositasida tar- tibga solish hamda xo'jaiik yurituvchi subyektlar xatti-harakatlarida tegishli o'zgarishlar kiritishi tabiiydir. Soliqlar majburiy to'lovlar sifatida ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar uchun manfaat to'sig'iga aylanib, korzonal butun faoliyatini boshqaruvchi omil bo'lib qolmasligi kerak. Amalda esa, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish- ning kuchli vositasi sifatida korxonalarning strategik qarorlarini sezilarli o'zgartirishga majbur etadi. Rivojlangan korxonalar amaliyotidan bilamizki, uzoq muddatga mo'ljallangan korxonalar hech qachon soliqlar tasirini hisobga olmasdan qabul qilinmaydi. Bugungi kunda soliq qonunchiligida soliqlarni tartibga soluvchi omil sifatida alohida e'tibor berilmoqda. Huquqiy asoslar yaratilganiga qaramasdan, korxonalar faoliyatida soliq imtiyozlariga ega bo'lish, pasaytiruvchi stavkalarda soliqda tortiluvchi faoliyat bilan shug'ullanishga o'tish va umuman soliqlarni rejalashtirish holatlari kam uchramoqda. Buning asosiy sababi O'zbekiston soliqqa tortish amaliyotida soliq menejmenti, soliqlarni reja- lashtirish tadbirlari joriy etilmaganligidadir. Jahon amaliyotiga nazar soladigan bo'lsak, bu jarayonlar korxona moliyaviy xo'jaiik faoliyatida katta ahamiyat kasb etib, ularni o'tkazishdan korxonagina emas, balki davlat ham manfaatdor bo'ladi. Ushbu tayanch so'zlarga batafsil to'xtaladigan bo'lsak, Soliq menejmenti — soliq to'lovchilarning soliq majburiyatlarini qonun doirasida qisqartirishga qaratilgan xatti-harakatlari yig'indisidir. Bu jarayonda soliqlarni qonunchilikka xilof bo'lmagan tarzda chetlab o'tish, shuningdek, soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qo'lga kiritish, yoki soliq majburiyatlarini kamaytirishga qaratilgan maxsus 177 usullar qo'llaniladi. Bunday holatlarda bu usullar qonuniy hisoblanib, soliq to'lovchilarga jarima solishga sabab bo'la olmaydi. Soliq menejmenti soliq toiovlarini optimallashtirish bilan bog'liq faoliyat sifatida, ularni samarali boshqarishdir va u har qanday korxona menejmentining ajralmas qismi hisoblanadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling